So’nggi yangiliklar

18:33"Конор қайтмоқда!". Макгрегор Оқ уйдаги турнирда жанг қилишга шаъма қилди 0 18:12Шавкатжон Болтаев ЖЧда муваффақиятли старт олди 0 18:05ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади 0 17:44"Бу менинг ҳам асабимга тегарди!". Мейвезер Тайсон билан жанг танқидчилари ҳақида гапирди 0 17:23Аёллар кураши терма жамоамиз Жаҳон чемпионатида қандай таркиб билан қатнашади? 0 17:02Камару Усман Махачев - Маддалена жанги ғолибига қарши тўқнаш келмоқчи 0 16:41"Барселона" Рэшфордни МЮга қайтариш ҳақида ўйлаб қолди 0 16:20Теренс Кроуфорд Сауль Альварес билан жангга 1 ҳафта қолганида қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:59Феруза Казакова ҳам Жаҳон чемпионатида муваффақиятли старт олди 0 15:32Жаҳон чемпионатига борадиган юнон-рум курашчиларимиз таркиби ҳам маълум 0 15:11Дональд Трамп Ўзбекистон МТЖга ЖЧ-2026`да омад тилади 0 14:50Алькарас Жоковични барча қопламали кортларда ютган бешинчи теннисчига айланди 0 14:29Эркин курашчиларимизнинг Жаҳон чемпионатига борадиган таркиби тасдиқланди 0 14:08US Open. Аёллар ўртасидаги жуфтлик баҳсларида чемпионлар маълум 0 13:47Бугун U-23 ва U-17 терма жамоаларимиз ўйнайди 0

17 dek 12:15
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatini 5 ta medal bilan yakunladik

Kolumbiyaning Bogota shahrida o'tkazilgan og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Musobaqaning so'nggi kuni +109 kg vazn toifasidagi polvonlar supaga chiqishdi. Unda Akbar Jo'raev yurtimiz sharafini himoya qilishi kerak edi. Biroq Jo'raev so'nggi tayyorgarlik jarayonida kichik jarohat olgani bois murabbiylar shtabi tavakkal qilib uni supaga chiqishini istashmadi. Afsuski, Olimpiada chempioni bu dunyo birinchiligini medalsiz yakunladi.

O'zbekiston terma jamoasining musobaqadagi ishtirokiga to'xtaladigan bo'lsa, hamyurtlarimiz chempionatda 3 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza, jami 5 ta medalga sazovor bo'lishdi. Bu bilan medallar jamg'arish bo'yicha terma jamoamiz oltinchi natijani qayd etdi. Erkaklar o'rtasida esa 3 ta oltin medal bilan to'rtinchi pog'onaga ko'tarildik.

SHubhasiz, Ruslan Nurudinov biz uchun musobaqa qahramoniga aylandi. -109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nurudinov ikki karra jahon chempioniga aylanib, mazkur vaznda o'zbekistonlik atletlar jahonda hamon tengsiz ekanini ko'rsatdi. 

SHuningdek, Tursunoy Jabborova -87 kg vazn toifasida dast ko'tarish mashqida kumush, ikki kurashda esa bronza medalini qo'lga kiritdi. Qolgan atletlarimiz garchi sovrinli o'rinlarni egallashmagan bo'lsalar ham, Parij-2024 Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolariga egalik qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing