So’nggi yangiliklar

19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0

13 avg 15:49
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020

Olimpiada chempionlarning murabbiylariga 40 ming, qolgan sportchilarimizga esa 5 ming dollardan pul beriladi

Teglar :  Tokio-2020
Bu haqida Prezident SHavkat Mirziyoev bugun o'tkazilgan yig'ilishda malum qildi.

Prezident matbuot kotibining rasmiy telegram kanali SHavkat Mirziyoevning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda. 

"Albatta, jahonning eng yirik sport musobaqasi bo'lmish Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishning o'zi katta sharaf va masuliyat. Buni barchamiz yaxshi tushunamiz. Buning uchun qancha og'ir dovonlardan, mashaqqatli sinovlardan o'tish talab etiladi. 

Bu gal omadi kelmagan sportchilarimizga qarata, ruhingiz tushmasin, kelgusi safar baxt sizlarga albatta kulib boqadi, deb ishonch bildirmoqchiman. 

Ular ham keskin bahslarda g'ayrat va shijoat bilan kurash olib borib, katta sinovlarda o'z salohiyatini namoyon etganlari biz uchun muhimdir. SHuning uchun ularni ham g'oliblar qatorida ko'rib, chin dildan olqishlaymiz.

Biz Olimpiadaning g'olib va sovrindorlari, ularning trenerlari hamda barcha ishtirokchilarni munosib taqdirlashga qaror qildik.

O'zbekistonda Olimpiada oltin medali sohiblari – 200 ming AQSH dollaridan, bronza medali egalari – 50 ming AQSH dollaridan mukofot puli bilan taqdirlanishi belgilab qo'yilganidan xabaringiz bor, albatta.

Bugun g'olib va sovrindor sportchilarimizni tayyorlashda chinakam fidoyilik ko'rsatgan To'lqin Qilichev, Pavel Xan, Farhod Mirzajanov, Nurali Qobulov, Muzaffar Abdurahmonov kabi tajribali murabbiylarning nomlarini chuqur hurmat bilan tilga olamiz.

Biz Olimpiya chempionlarining trenerlarini – 40 ming AQSH dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylarini 20 ming AQSH dollaridan mukofotlashni lozim deb topdik. 

Agar Olimpiadada ishtirok etgan har bir sportchi ko'p yillik og'ir tayyorgarlik jarayonidan o'tishini ko'z oldimizga keltirsak, ular ham bugun g'oliblar qatorida taqdirlanishga munosib ekaniga amin bo'lamiz.

SHuni hisobga olgan holda, bu sportchilarimizning har birini 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag'batlantirishga qaror qildik".

Reyting: +4   

Fikrlar

   
13 avg 22:27:09
Nuriddin 77
Tursunoy Rahimova Miraziz Mirzahalilov qilichboz qizimiz va shtangis yosh qizimizga 50 dan berish keragidi ular chempion kōpchilik ōzbeklar uchun.
   
13 avg 21:02:23
A
Gap yo urin olmagan sportcila un yaxw bubti
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing