So’nggi yangiliklar

10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0

18 noy 07:20
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Olimpiada uchun sartaroshlar, qassoblar va Franc Bekkenbauer kurashgan edi

Teglar :  OlimpiadaBerlin
Myunxen nega Olimpiada-2022 mezbonligini olmagani haqida bilasizmi?

Qishki Olimpiya o'yinlari 2022 yilda Pekinda bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. Aslida bu nufuzli sport anjumani Myunxenda bo'lishi mumkin edi. Nega bunday bo'lmadi?

2013 yil 11 noyabrda referendum natijalari elon qilindi – Myunxen va Bavariya shtati aholisi Olimpiya o'yinlari mezbonligiga hal qiluvchi so'rovnomada «yo'q», deya javob berishdi.

Bir insonga ham non, ham suv va … ham Olimpiya o'yinlari kerak

Bavariya markazi 1972 yilgi yozgi o'yinlarga mezbonlik qilgan. Ushbu o'yinlar tarixda Falastindagi «Qora sentyabr» tashkilotining dahshatli terroristik hujumi va Isroil delegaciyasi azolarining o'limi bilan yodda qolgan. Naq yarim asrdan so'ng, ular bu safar qishki Olimpiya o'yinlarini Myunxenda o'tkazishga qaror qilishdi. Rasmiylar ushbu Olimpiadani qabul qilishni juda ham xohlashgan edi. Myunxenda barcha kerakli infratuzilma mavjud bo'lgan hududda joylashgandi – ulkan xalqaro aeroport, butun Evropa bilan temir yo'l aloqalari, rivojlangan avtoban tarmog'i. SHaharning o'zida ham, atrofida ham yuqori toifadagi tayyor sport inshootlari qad rostlagan. SHularni hisobga olganda, o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish xarajatlari Sochi yoki Pxenchxanga nisbatan bir necha baravar kamroq bo'lardi.

Olimpiada uchun OlympJa dasturi doirasida («Olimpiada» va «Ha» so'zlarining qorishmasi) Olimpiya o'yinlari uchun shahar hokimiyatidan tortib, sartaroshlar va qassoblar korporaciyasi kasaba uyushmasigacha, “Siemens” rahbarlari va «Bavariya» futbol yulduzlariga qadar targ'ibot ishlarini olib bordilar. Qirol Franc Bekkenbauer har bir inson non va suvdan tashqari … umrbod Olimpiya o'yinlariga muhtoj, deya mezbonlikka rozilik bildirdi.

Mezbonlikka qarshilar byudjeti – 35000 evro

Ayni o'sha paytda unga qarshilar ham chiqdi. Er uchun to'lanadigan 35 000 evrolik badalga norozi bo'lgan Nolympia antiolimpiya harakati qarshiligi faollashdi. Undagi asosiy harakatlantiruvchi kuch – tashkiliy qo'mitaga o'z uchastkalarini sotishni yoki ijaraga berishni istamaganlar yashillar harakati va er egalari edi. Ular gektariga 15 ming evro narxni haqorat, deb topdilar. Bavariyada Olimpiadaga qarshi kayfiyat kuchaydi. Qarshilar qo'llariga jiddiy ko'zirni olishgan edi – XOQ Germaniya MOQ va O'yinlar tashkiliy qo'mitasi bilan shartnoma imzolab qo'ygan edi. Kelishuvga binoan, Olimpiada poytaxti o'yinlarni o'tkazish bilan bog'liq katta majburiyatlarni o'z zimmasiga olishi, shuningdek XOQning moliyaviy kafolatlar talablarini to'liq bajarishi lozim. Masalan, Myunxen keng ko'lamdagi zararni qoplashi kerak edi. Matbuotda g'azabnok to'lqin ko'tarilib, o'yinlarga qarshilar otga mamnuniyat bilan qamchi bosdilar.

4:0 – Qirol Franc foydasi uchun emas

Olimpiya mezbonligiga davogar shahar aholisi o'rtasida referendum o'tkazish XOQning majburiy talabi emas, lekin o'tkazilib, aholi kayfiyatini bilish rag'batlantiriladi va nomzod shaharlarning kurashida ijobiy natija hisobga olinadi. Bavariya shahri rahbarlari referendumda g'alaba qozonishlariga mutlaqo ishonishar edi, ammo ular noto'g'ri o'ylashayotgan edi.

Yashillar harakati Olimpiya inshootlari joylashgan Traunshteyn, Berxtesgaden va Garmish-Partenkirxen aholisini O'yinlar Alp vodiysi tabiatiga juda katta zarar etkazishini aytib qo'rqitishdi. Ushbu shaharlarda alohida referendumlar o'tkazildi.

Yakuniy cheklovi 10 foiz bo'lgan ovoz berish davri elon qilindi, yani agar to'rtta joydan kamida bittasida 10 foizdan ortiq aholi qarshi chiqsa, «Bavariya»da o'yinlar bo'lmaydi, degan kelishuvga erishildi. Olimpiadaga qarshilar g'alaba qozonishdi – 4:0. Natijalar 2013 yil 11 noyabrda elon qilindi.

Myunxenda aholining 52,1, Garmish-Partenkirxenda – 51,56, Berxtesgadende – 54,%, Traunshteynda – 59,67 foiz qismi qarshi chiqdi.

SHunday qilib, Bavariya 14 noyabrgacha Lozannaga yuborish kerak bo'lgan arizani Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga yuborish g'oyasidan voz kechdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing