So’nggi yangiliklar

15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 0 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0 13:17Волкановски: "Мен ҳар доим пул учун жанг қилганман" 0 12:56Николай Валуев 15 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди 0 12:35Аҳмадалиев — Иноуэ жанги манзили ўзгарди 0 12:14Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум 0 11:53Шахматчиларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич илк учрашувларини ўтказишди 0 11:32Уимблдон. Новак Жокович 1/2 финалда 0 11:11Бугун Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади (Кард, бошланиш вақти ва трансляция бўйича маълумотлар) 0 10:50"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчини олиб келмоқчи 0 10:29Цзю ўзи жанг қилиш истагида бўлган уч рақиб номини айтди 0

13 sen 10:34
Yangiliklar

O'q otish

O'q otish: 14-Osiyo chempionatida hamyurtlarimizdan tarixiy g'alaba!

Ikki nafar sportchimiz yangi O'zbekiston tarixida yangi sahifa ochishdi.

O'q otish sport turi bo'yicha O'zbekiston o'smirlar, o'spirinlar, yoshlar va kattalar terma jamoasi 14-Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Qozog'istonning CHimkent shahriga jo'nab ketgan edi.

2021-yil 11-20-sentyabr kunlari bo'lib o'tadigan qita chempionatida O'zbekiston sharafini 28 nafar sportchimiz himoya qilishadi. Nufuzli musobaqada Osiyoning turli mamlakatlaridan jami 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

Quvonarli jihati, musobaqaning ilk kunidayoq vakillarimiz biryo'la 4ta medalga sazovor bo'lishdi. SHuni alohida takidlash kerak, ikki nafar vakilimiz mamlakatimiz o'q otish sporti tarixida ilk marotaba Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan holda yangi O'zbekiston tarixida yangi sahifa ochishdi.

10 metrga pnevmatik to'pponchadan o'q otish bahslarida o'spirinlar o'rtasida terma jamoamiz azosi Umidbek Kamolbekov eng yaxshi natija qayd etib, oltin medal sohibiga aylandi. Xuddi shu yo'nalishda yana bir vakilimiz Muhammad Kamolov murosasiz kechgan bahslarda qozog'istonlik raqibidan atigi 0,1 ochko kam jamg'argan holda bronza medalini qo'lga kiritdi.

O'smirlar o'rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Nuriddin Nuriddinov bronza medali bilan taqdirlandi. Uning jamoadoshi Ilhombek Obidjonov esa bahslar boshlanishi hamonoq etakchilikni qo'lga oldi va yakunda u ham oltin medal sohibiga aylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing