So’nggi yangiliklar

18:33"Конор қайтмоқда!". Макгрегор Оқ уйдаги турнирда жанг қилишга шаъма қилди 0 18:12Шавкатжон Болтаев ЖЧда муваффақиятли старт олди 0 18:05ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади 0 17:44"Бу менинг ҳам асабимга тегарди!". Мейвезер Тайсон билан жанг танқидчилари ҳақида гапирди 0 17:23Аёллар кураши терма жамоамиз Жаҳон чемпионатида қандай таркиб билан қатнашади? 0 17:02Камару Усман Махачев - Маддалена жанги ғолибига қарши тўқнаш келмоқчи 0 16:41"Барселона" Рэшфордни МЮга қайтариш ҳақида ўйлаб қолди 0 16:20Теренс Кроуфорд Сауль Альварес билан жангга 1 ҳафта қолганида қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:59Феруза Казакова ҳам Жаҳон чемпионатида муваффақиятли старт олди 0 15:32Жаҳон чемпионатига борадиган юнон-рум курашчиларимиз таркиби ҳам маълум 0 15:11Дональд Трамп Ўзбекистон МТЖга ЖЧ-2026`да омад тилади 0 14:50Алькарас Жоковични барча қопламали кортларда ютган бешинчи теннисчига айланди 0 14:29Эркин курашчиларимизнинг Жаҳон чемпионатига борадиган таркиби тасдиқланди 0 14:08US Open. Аёллар ўртасидаги жуфтлик баҳсларида чемпионлар маълум 0 13:47Бугун U-23 ва U-17 терма жамоаларимиз ўйнайди 0

18 dek 10:33
Yangiliklar

Karate, Fotogalereya

Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham oltin medalga ega bo'ldik FOTOGALEREYA

Poytaxtimizda o'tayotgan karate WKF bo'yicha qita birinchiligining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

“Yunusobod” sport majmuasi mezbonlik qilayotgan qita chempionatining tantanali ochilish marosimida Osiyo karate federaciyasi prezidenti, general-mayor Nasir Al Razuqi, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, Rashid Talipov boshchiligidagi O'zbekiston karate milliy federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Marosimda so'z olgan Nasir Al Razuqi musobaqa davlatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan yuqori saviyada tashkil etilgani, ishtirokchi davlatlar uchun barcha sharoitlar yaratilganini takidlab o'tdi. SHuningdek, u mamlakatimizda karate tobora rivojlanib borayotganiga alohida to'xtaldi. O'z navbatida, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Prezidentimizning etibori bilan yurtimizda har bir sport turi rivoji, u bilan shug'ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilganini bildirdi.

SHundan so'ng kechki dasturdan o'rin olgan final bahslariga navbat berildi. Reglamentga ko'ra, bugun musobaqada 16-17, 18-21 yosh toifasidagi sog'lom sportchilar, shuningdek, para karatechilar o'rtasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Unda O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega bo'ldi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

   
18 dek 15:24:02
Iskandar_07
Tailandda-Bankokda kik boks buyicha Osiya chempionati bulyapti nega bu haqida hech kim yozmayapti.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing