So’nggi yangiliklar

19:02Дана Уайт қайси жанг Оқ уйдаги UFC турнирининг асосий тўқнашуви бўлишини айтди 0 18:39"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми! 0 18:18UFC президенти Хабиб - Макгрегор жангига тенглашадиган қарама-қаршилик қайси эканлигини айтди 0 17:52UFC 44 ёшли жангчиси билан шартномани бекор қилди 0 17:25Жон Жонс UFCнинг Оқ уйдаги турнири ҳақида: "Мотивация керак эди — топдим. Машғулотларга қайтдим" 0 17:02"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади 0 16:38Дана Уайт Топурия нима билан ҳайрон қолдирганини айтди 0 16:16Ўқ отувчи Владимир Свечников Венгриядаги турнирда тенгсиз бўлди 0 16:04ACA 189. Холмурод Нурматов рақибини аянчли нокаутга учратиб, ғалаба қозонди (ВИДЕО) 0 15:53Пётр Ян: "Мен яна Двалишвили ва О’Мэлли билан жанг қилмоқчиман" 0 15:28"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди 0 15:06Хамзат Чимаев UFC 319дан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин — Кайо Борральо 0 14:41"World Taekwondo Diamond Games": Мусобақани олтин медал билан бошладик! 0 14:20Иноуэ Аҳмадалиев билан жанги анонсига муносабат билдирди 0 13:59Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси! 0

08 okt 17:19
Yangiliklar

Qilichbozlik

Osiyo qilichbozlik konfederaciyasining Bosh Assambleyasi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi + FOTO

Teglar :  Qilichbozlik
Ertaga poytaxtimizda Osiyo qilichbozlik konfederaciyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi bo'lib o'tadi.

Bugun ushbu tadbirga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bosh kotibi Gulnora Saidova, Osiyo qilichbozlik konfederaciyasining ayni paytdagi rahbari Rusni Al Hassan, tadbirni kuzatish uchun tashrif buyurgan Xalqaro qilichbozlik federaciyasi vakili Velichka Xristeva hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

“Juda muhim tadbir oldida turibmiz. O'zbekiston hukumatidan murakkab davrda bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgani uchun minnatdormiz. Ertaga tashkilotimizning navbatdagi Bosh Assambleyasi bo'lib o'tadi. Unda Konfederaciyaning 2024 yilgacha bo'lgan davri uchun yangi rahbariyati aniqlab olinadi”, – dedi Rusni Al Hassan.

O'z navbatida, Velichka Xristeva ham fikrlari bilan quyidagicha o'rtoqlashdi:

“O'zbekistonga beshinchi bor kelishim. Mamlakatingizga har kelganimda uning rivojlanib borayotganini ko'rib turibman. Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidenti Alisher Usmonov ushbu saylov shaffof bo'lishi lozimligini takidladi va hamkasblarimiz kuzatuvchilik uchun meni tanlashdi. O'zbekiston mezbon sifatida barchasini alo darajada yo'lga qo'yganini ko'rib turibman”.

Mutasaddilarning malum qilishicha, tashkilotning yangi Olimpiada cikli uchun rahbarligiga BAA va Singapur vakillari nomzodlik qilmoqda. Bosh Assambleya davomida tashkilot rahbarligidan tashqari vice-prezidentlar va Ijroiya qo'mitasiga ham nomzodlar saylab olinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing