So’nggi yangiliklar

23:00Азамат Нуфтиллаев камар соҳиби бўлди, "Сатурн"да рақиб ўзгарди ва "Octagon 75" турнирининг барча натижалари 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

04 iyu 21:02
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek bokschilari Tokioga yo'l olishdi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Boks
Yana 19 kundan so'ng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida uzoq kutilgan Olimpiya o'yinlari start oladi.

Musobaqada qatnashadigan o'zbekistonlik bokschilar ananaga ko'ra, tayyorgarlikning so'nggi bosqichini musobaqa o'tkaziladigan manzil - Yaponiyaning o'zida olib borishadi. 

Marat Qurbonov boshchiligidagi charm qo'lqop ustalarimiz birozdan so'ng Toshkent xalqaro aeroportidan Yaponiyaga parvoz qilishadi. Bokschilarimiz uchta tarkib bilan Tokioning o'zida tayyorgarlikni olib borishadi. 

Bokschilarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo'yildi. Ularga aeroportda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, shuningdek O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev ham omad tilashdi. 

Eslatib o'tamiz, o'zbek bokschilari Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:

Erkaklar:

-52 kg: SHahobiddin Zoirov

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-75 kg: Fanat Qahramonov

-81 kg: Dilshod Ro'zmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov


Ayollar:

-51 kg: Tursunoy Rahimova 

-60 kg: Rayhona Qodirova 

-69 kg: SHahnoza Yunusova 

Malumot uchun, Tokio Olimpiadasida boks bahslari 24 iyul kuni start oladi.



Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
04 iyu 21:31:48
Davron Muydinov
Avvalo xamma bokschilarimizga omad tilayman.
Bobousmon, Fanat va Sanjarlarga ko‘proq omad tilayman sababi ular nozik nuqtalarimiz. natija kutish qiyin. A Elnurga kelsak 50×50. Qolganlardan umid katta.
   
05 iyu 19:55:13
Adhamjon 40 C123 MA
Alloh yuzlarini yoruğ qilsin. Xammasiga OMAD. Dilshodmi, Sanjarmi, Fanatmi bularga ALLOH nasib qilibdi ketyapti, ilohim dōstu dushmandi yonida medal bilan qaytib kelishsin. Allohdi xoxishini xurmat qililar.
   
05 iyu 16:15:16
NODIR_BEK
Ишкилиб хаммаси хайрли булсин. Таркиб куриб Бир оз хавотир уйгонди.
   
05 iyu 16:13:22
NODIR_BEK
10 та вазн тоифасидамасми.
   
05 iyu 11:51:27
Bekh0098
Sanjar Tursunov, Dilshod Ro'zmetov, Fanat Qaxramonov, Bobousmon Baturovlar sayr qilgani ketyabdimi Tokioga???!
   
05 iyu 10:53:52
Usmonov Komiljon
Ozi bu Fanat, Sanjarlar otgan yilgi shu yilgi oxirigi chempionatlarda xechqanaqa medal olishmgandi togrimi
   
04 iyu 21:30:01
Farhod_ bek1990
Afsuski boks bo'yicha terma jamoani ham tanish bilishchilik qilib to'ldirishdi. Sanjar Tursunov, Fanat Qahramonov umuman tarkibga tortmasligini ko'r ham bilib turibdiku. Bulardan oldinroq vos kechib ularni o'rniga davlatimizdan chiqqan yangi chempionlarni etish kerak edi. 100% aniq bu ikkisi Tokioda alyumen medal ham ololmaydi. Afsus Boks ham Futbolimizdek bo'lib qoldi.
-1   
04 iyu 21:30:07
Farhod_ bek1990
Afsuski boks bo'yicha terma jamoani ham tanish bilishchilik qilib to'ldirishdi. Sanjar Tursunov, Fanat Qahramonov umuman tarkibga tortmasligini ko'r ham bilib turibdiku. Bulardan oldinroq vos kechib ularni o'rniga davlatimizdan chiqqan yangi chempionlarni etish kerak edi. 100% aniq bu ikkisi Tokioda alyumen medal ham ololmaydi. Afsus Boks ham Futbolimizdek bo'lib qoldi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing