So’nggi yangiliklar

19:01Махачев кейинги жанги санаси ҳақида: "90 фоизга аниқ" 0 18:39"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр 0 18:17"Бу — маркетинг". Ислам Махачев нега P4P рейтингда пасайганига жавоб берди 0 17:53Пётр Ян — Мераб Двалишвилига: "Умид қиламан, чемпионлик учун жанг қиламиз" 0 17:25Богдан Гусковнинг 4 дақиқадан кўпроқ давом этган жанги статистикаси қандай бўлди? 0 17:02Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди 0 16:40Пётр Ян Умар Нурмагомедов билан Қатарда жанг қилиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:19Шара Буллет жангидан сўнг шифохонага олиб кетилди 0 15:59Богдан Гусковнинг ғалабали серияси 4 тага етди 0 15:35Германиядан хушхабар: Енгил атлетикачимиз Шарифа Давронова олтин медални қўлга киритди 0 15:32ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин 0 15:11Асу Алмабаев кейинги рақиби ким бўлишини айтди. У Рамазон Темировми? 0 14:49Богдан Гусков кейинги рақиб ким деган саволга жавоб берди 0 14:28Ulaanbaatar Grand Slam. Умар Бозоров япониялик дзюдочига қарши финал беллашувини ўтказди 0 14:07Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди 0

15 fev 07:22
Yangiliklar

Tadbirlar, Futbol

O'zbekiston delegaciyasi Moskvadagi qishki korporativ o'yinlaridan sovrin bilan qaytdi FOTOGALEREYA

11-13 fevral kunlari Moskvada navbatdagi Qishki korporativ o'yinlar musobaqasi bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada turli tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar (havaskor sportchilar) ishtirok etadi. 2018 yildan beri muntazam o'tkazib kelinayotgan Qishki korporativ o'yinlarida bu safar sportning 28 turi bo'yicha g'oliblar aniqlandi. Umumiy hisobda 2000 nafardan ziyod sportchi 690 ta medal uchun kurash olib bordi.

Bu yilgi musobaqada tarixda ilk marta O'zbekiston delegaciyasi ham ishtirok etdi. Toshkentda faoliyat yuritayotgan "Agro Consulting Global" tashkiloti vakillari 11-13 fevral kunlari Moskvada bo'lib, o'z kuchlarini sportning bilyard, kibersport, va futbol turlari bo'yicha sinab ko'rishdi. 

12 fevral kuni o'tkazilgan bilyard bo'yicha musobaqada jami 25 nafar havaskor sportchi kurash olib bordi. Bunda Agro Consulting Global nomidan Muhiddin Jo'raev bilan Sirojiddin Elmurodov ishtirok etib, yakunda Muhiddin Jo'raev beshinchi, Sirojiddin Elmurodov esa 7-o'rinni egalladi. 

Xuddi shu kuni zamonaviy sport turi - kibersport bo'yicha ham musobaqa tashkil qilinib, SHohruh Nizomxo'jaev eng mashhur virtual o'yinlar - DOTA va Counter Strike bo'yicha kechgan musobaqada faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 

13 fevral kuni esa asosiy musobaqa - 24ta jamoa o'rtasida futbol bahslari o'tkazildi. "D" guruhidan joy olgan Agro Consulting Global guruh bellashuvlarini Rossiya sog'liqni saqlash ilmiy-tadqitot markazi, Tulaning "Imperatorlik qurol zavodi" va Moskva Metropoliteni jamoasiga qarshi o'tkazib, bittadan mag'lubiyat, g'alaba va durang qayd etgan holda 4 ochko to'plab keyingi bosqichga yo'l oldi. 

Guruh bahslari yakuniga etgach, pley-off ikki xil yo'nalishda o'tkazildi: "Oltin pley-off" va "Kumush pley-off". Musobaqa avvalida 24 jamoa 4tadan 6 guruhga bo'linganini hisobga olsak, "Oltin pley-off" barcha guruh g'oliblari hamda eng yaxshi ikkita ikkinchi o'rin egasi, "Kumush pley-off" esa 4 ta ikkinchi o'rin egalari va eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan 4 ta 3-o'rin sohiblari ishtirokida o'tkazildi. 

Kurashni "Kumush pley-off"da davom ettirgan Agro Consulting Global jamoasi chorak final va yarim finalda o'z raqiblarini mag'lub etib, faqat finalda eng kuchli jamoalardan biri "Avito"ga imkoniyatni boy berib, kumush medallarni qo'lga kiritdi. Ushbu musobaqada mohir hujumchi, VETERAN jangchi-faxriylar birlashmasi azosi Nuriddin Boboev 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Futbol musobaqasida ishtirok etgan havaskor sportchilar: Muhiddin Jo'raev, Akram Xoliqov, Nuriddin Boboev, Quvondiq Hotamov, Ubaydullo Fayzullaev, Sirojiddin Elmurodov, Mahmudjon Po'latov, Umirzoq Umirniyozov, Xurshid Mirzoev, Alisher Jo'raboev, SHohruh Nizomxo'jaev.

Musobaqa yakunida "Agro Consulting Global" tashkiloti rahbari Xurshid Boltaev qishki korporativ o'yinlar bosh tashkilotchisi - Butunrossiya "Mehnat zaxiralari" jismoniy tarbiya va sport jamiyati prezidenti Ilya Galaevga ehtirom ko'rsatib, unga milliy zarbof to'n hamda qimmatbaho shaxmat taxtasi sovg'a qildi. 

SHunday qilib uch kun davom etgan Moskva qishki korporativ o'yinlari o'zbekistonliklarda iliq taassurot qoldirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing