So’nggi yangiliklar

19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0

19 avg 13:25
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020

O'zbekistonlik paralimpiyachilar tomonidan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga rekord darajada yo'llanmalar qo'lga kiritildi

Teglar :  Tokio-2020
Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o'yinlari boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda.

O'zbekistonlik paralimpiyachilar sportimiz tarixida yangi sahifa ochishni hozirdanoq boshlab yuborishdi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Boisi, Paralimpiya sport turlari bo'yicha milliy terma jamoa sportchilari Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga har qachongidan ham ko'proq yo'llanmalarni qo'lga kiritdi. Bu bejizga emas chunki Yurtboshimiz tomonidan paralimpiyachilarga  berilayotgan etibor hamda tayorgarlik jarayonining bosqichma-bosqich yul xaritasi ishlab chikilganligi va bu yul haritada har bir sportchining jismoniy holatidan kelib chiqqan xolda alohida mashg'ulotlarni tashkil etilganligi sabab atletlarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan yo'llanmalar soni 55 taga etdi.


Yo'llanma olgan sportchilar sport turlari kesimida:

T/rParasport turlariYo'llanma qo'lga kiritgan sportchilar  soniQo'lga kiritilgan yo'llanmalar soni
1.Para engil atletika17 nafar*19 ta
2.Para suzish7 nafar*12 ta
3.Para kanoe3 nafar3 ta
4.Para taekvondo3 nafar3 ta
5.Para o'q otish1 nafar1 ta
6.Para dzyudo12 nafar12 ta
7.Para akademik eshkak eshish2 nafar2 ta
8.Para pauerlifting3 nafar3 ta
 Jami48 nafar55 ta

Izoh:  – SHoxsanamxon Toshpo'latova para suzish bo'yicha 3 ta (1+ 2 ta)  yo'llanma qo'lga kiritgan (50 m. erkin, 100 m. batterflyay, 200 m. kompleks usul);

– Islam Aslanov para suzish bo'yicha 2 ta (1+1 ta) yo'llanma qo'lga kiritgan (50 m. erkin, 100 m. batterflyay);

– Firdavsbek Musabekov para suzish bo'yicha  2 ta (1+1 ta)  yo'llanma qo'lga kiritgan (100 m. brass, 200 m. kompleks);

Muzaffar Tursunxo'jaev para suzish bo'yicha  2 ta (1+1 ta)  yo'llanma qo'lga kiritgan (50 m. erkin, 100 m. batterflyay);

– Sabina Suxanova para engil atletika bo'yicha 2 ta (1+1 ta) yo'llanma qo'lga kiritgan (100 metrga yugurish, uzunlikka sakrash);

– Nurxon Qurbonova para engil atletika bo'yicha 2 ta (1+1 ta) yo'llanma qo'lga kiritgan (yadro uloqtirish, nayza otish);


Agar yodingizda bo'lsa Rio-de Janeyroda sportchilarimiz 5 ta sport turi– para suzish, para dzyudo, para engil atletika, para pauerlifting va para o'q otish bo'yicha bellashuvlarda ishtirok etgan bo'lsa, Tokio-2020 da ushbu sport turlari soni yana 3 taga oshdi. O'zbekiston tarixida ilk bor para kanoe, para taekvondo hamda para akademik eshkak eshish sport turlari bo'yicha yo'llanmalar qo'lga kiritildi.

Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlariga qadar para atletlarimiz yozgi Paralimpiya o'yinlarida quyidagi sport turlarida ishtirok etgan:

T/rParalimpiya o'yinlariSport turlari
1.Pekin-2008para engil atletika, para suzish
2.London-2012para engil atletika, para suzish, para dzyudo, para pauelifting
3.Rio-2016para engil atletika, para suzish, para dzyudo, para pauelifting, para o'q otish
4.Tokio-2020 para engil atletika, para suzish, para dzyudo, para pauelifting, para o'q otish, para taekvondo, para kanoe, para akademik eshkak eshish


Kunchiqar yurtda bo'lib o'tadigan 4 yillikning eng muhim sport anjumanida hamyurtlarimiz o'z natijalarini har tomonlama yaxshilab, Vatanimiz Mustaqilligining 30 yillik shodiyonasiga munosib sovg'a bilan qaytishlariga umid qilamiz. Quyida Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimiz ro'yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:


Para engil atletika

1.Xusniddin Norbekov (disk otish)

2.Boburjon Omonov (yadro uloqtirish)

3.Bekjon CHevarov (uzunlikka sakrash)

4.Temurbek Giyazov (nayza otish)

5.Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish)

6.Doniyor Saliev (uzunlikga sakrash)

7.Elbek Sultonov (yadro otish)

8.Izzat Turg'unov (uzunlikga sakrash)

9.Sabina Suxanova (100 m. yugurish)

10.Sabina Suxanova (200 m. yugurish)

11.Nozimaxon Qayumova (nayza otish)

12.Dilafruzxon Axmadxonova (yadro uloqtirish)

13.Mohigul Xamdamova (disk otish)

14.Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish)

15.Nurxon Qurbonova (nayza otish)

16.Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash)

17.Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish)

18.Yoqutxon Xolbekova (uzunlikka sakrash)

19.Yorqin Odilov (nayza uloqtirish)


Para suzish

1.Islam Aslanov (50 m erkin)

2.Islam Aslanov (100 m batterflyay)

3.Dmitriy Xorlin (50 m erkin)

4.Firdavsbek Musabekov (100 m brass)

5.Firdavsbek Musabekov (200 m kompleks)

6.Muzaffar Tursunxo'jaev (50 m erkin)

7.Muzaffar Tursunxo'jaev (100 m batterflyay)

8.SHoxsanamxon Toshpo'latova (50 m erkin)

9.SHoxsanamxon Toshpo'latova (100 m batterflyay)

10.SHoxsanamxon Toshpo'latova (200 m kompleks)

11.Nigoraxon Mirzoxidova (100 m baterflyay)

12.Muslima Odilova (50 m erkin)


Para dzyudo

1.SHerzod Namozov (-60 kg)

2.Uchqun Quronboev (-66 kg)

3.Feruz Sayidov (-73 kg)

4.Dovurxon Karomatov (-81 kg)

5.SHuxrat Boboev (-90 kg)

6.SHarif Xalilov (-100 kg)

7.SHirin SHaripov (+100 kg)

8.Lobar Xurramova (-48kg)

9.Sevinch Salaeva (-52 kg)

10.Parvina Samandarova (-58 kg)

11.Nafisa SHeripboeva (-63 kg)

12.Vasila Aliboeva (-70 kg)


Para kanoe

1.Azizbek Abdulhabibov (200 m)

2.Hayitmurod SHerqo'ziev (200 m)

3.SHahnoza Mirzaeva (200 m)


Para taekvondo

1.Zuxriddin Tohirov (- 61 kg)

2.Ziyodaxon Isaqova (- 49 kg)

3.Guljanoy Naimova (+ 58 kg)


Para pauerlifting

1.Ro'za Qo'zieva (-61 kg)

2.Farhod Umrzoqov (-88 kg)

3.Nuriddin Davlatov (-107 kg)


Para akademik eshkak eshish

1.Feruza Bo'riboeva (2000 m)

2.Otabek Qo'chqorov (2000 m)


Para o'q otish

1.Server Ibragimov (50 m pistolet)

Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlari 2021 yilning 24 avgustidan 5 sentyabriga qadar bo'lib o'tadi. Bahslarni Uzreport TV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing