So’nggi yangiliklar

15:05Уимблдон. Амалдаги чемпион 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 14:42WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ва Бектемир биринчи ўринда қолди. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 14:21Алонсонинг биринчи "қурбони": "Реал" устози ҳимоячиларнинг биридан воз кечди 0 14:00Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси бошлади 0 13:39Пантожа Жошуа Ван билан декабрь ойида жанг қилишга тайёр 0 13:18“Шунқорлар” – 2025: Андижон вилояти жамоаси кубокнинг янги соҳиби! 0 12:57"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди 0 12:36Сайдатхон Нуриддинов ҳам Octagon 75 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 12:15Хабибнинг яна бир жамодоши UFC'га ўтди 0 11:54Разамбек Жамалов ўнинчи операциядан кейинги ҳолати ҳақида маълумот берди 0 11:33Лионель Месси келажаги борасида бир қарорга келди 0 11:12UFC рейтинги янгиланди: Топурия P4P рейтингининг янги қироли! 0 10:51Навоий “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси кучлиларни аниқлади ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:30Фьюри, Жошуа, Кроуфорд каби машҳурлар Мадияр Саидраҳимов иштирокидаги IBA турнирига ташриф буюришади 0 10:09ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин 0

22 apr 15:01
Yangiliklar

Boshqalar

O'zDJTSUning Xitoy va Janubiy Koreya oliy talim muassasalari bilan xamkorligi mustaxkamlanmoqda

Teglar :  Universitet
O'zDJTSUning Xitoy va Janubiy Koreya oliy talim muassasalari bilan xamkorligi mustaxkamlanmoqda.

21 aprel kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Xitoyning Pekin sport universiteti professori Yang Binsheng hamda Janubiy Koreyaning Yong In universiteti professori (PhD), xalqaro toifadagi hakam, Koreya jismoniy tarbiya jamiyati vice-prezidenti, Koreya jismoniy tarbiya associaciyasi vice-prezidenti Lee Han Kyung tashrif buyurdi. Dastavval mehmonlar universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Sport zallari va o'quv auditoriyalar, yangi kutubxona va talabalar turar joyi bilan tanishtirildi.

SHundan so'ng, O'zDJTSU huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor Rashid Matkarimov, Ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektor Kamil Bayazitov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor SHerzod Mirzanov, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i SHuxrat Toshturdiev hamda universitet doktorantlari va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti va universitet xodimlarini kelgusida malaka oshirish, qo'shma dasturlar bo'yicha o'quv kurslari to'g'risida fikrlar o'rtaga tashlandi, qolaversa mehmonlar hozirgi kunda dunyoga nomi taralayotgan sportchilarimizga o'z qiziqishlarini bildirib o'tishdi. Yangi o'quv yilidan universitet va Pekin sport universiteti o'rtasida  xodimlarni tajriba almashinuvini yo'lga qo'yishga kelishib olindi. SHuningdek, universitetga jalb etilgan xorijlik mutaxassislar, mahalliy professor-o'qituvchilar faoliyati, shuningdek hamkor universitetlar to'g'risida malumotlar berildi.

Malumot uchun, professor Yang Binsheng 2000-2018 yillar mobaynida Xitoy Olimpiya tayyorgarlik markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. SHu vaqtgacha uning muallifligida 80 ga yaqin Scopus va Springer ilmiy bazalarida maqolalari chop etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing