So’nggi yangiliklar

23:37Бокс. Ўзбекистон ЖЧдаги илк медални нақд қилди! 0 22:48Ғалабали серия давом этади: Сабина Бобоқулова ҳам ЖЧ кейинги босқичида 0 19:20Жавоҳир Умматалиев чорак финалга йўл олди, навбатдаги рақиб жиддий! 0 18:29ЖЧ-2025. Миразизбек Мирзахалилов эронлик рақибига дарс бериб қўйди - боксчимиз чорак финалда! 0 18:21Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум 0 18:00Исроил Мадримов қозоғистонлик бокс юлдузига қарши жанг қилишга тайёр 0 17:38Ситора Турдибекова ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 17:31"Мен нафақага чиқмадим" - Жон Жонс UFC'даги мақсади ҳақида гапирди 0 17:10U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди 0 16:49Феруза Казакова бразилиялик рақибасини мағлубиятга учратиб, ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 16:33Нодирбек Абдусатторов 8 соатлик ўйин ўтказди. Самарқандда ўтказилаётган турнирда вазият қандай? 0 16:16"Чимаев билан жангни қўлдан бой бермайман. Менга аутсайдер мақоми ёқади" - Имавов 0 15:52Махачев Делла Маддалена қай томонлама хавфли рақиб эканлигини айтди 0 15:26Хабиб катта пул ваъда қилинган бўлсада, Мейвезер билан жанг қилишдан бош тортган экан 0 15:01Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди 0

10 jan 19:03
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

O'zinikilar orasidagi begona. Islamning rossiyalik egizagi Volkanovskiga yil jangiga tayyorgarlik ko'rishda yordam bermoqda

Mayrbek Taysumov Volkanovskining Maxachevga qarshi jang uchun asosiy quroli bo'ladi.

2023 yil MMA olami uchun juda ko'p daxshatli janglarni vada qilmoqda. Ko'pchilik uchun UFC 284 kechasi qiziq tuyilmoqda. Maxachev UFC P4P reytingining birinchi pog'onasini olish uchun raqibning uyiga bormoqda. Jangchilar allaqachon bo'lajak jang uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Ko'pchilik uchun kutilmaganda, Aleks Volkanovskining lagerida rossiyalik Mayrbek Taysumov ham ko'rinish berdi. Mayrbek Taysumov Aleksning asosiy sparing sherigi sifatida lagerda ishtirok etmoqda.

Mayrbek Taysumov 2019 yildagi Diego Ferreyradan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng boshqa UFC'da jang qilmadi. Uning MMAdagi statistikasi 27-6. Bu ancha yaxshi natija. UFC'dagi ko'rsatkichi esa 7-2. U qatorasiga uch marta raqiblarini nokaut qilgan va «kecha jangchisi» sifatida 50 ming dollarga ega bo'lgan. Mayrbek universal jangchi. Har bir yo'nalishda Aleksga katta yordam bera oladigan sherik. Taysumov antropometrik jihatdan Maxachevga o'xshaydi, shuning uchun Aleksandr o'zi uchun qanday xavf bo'lishini his qilish uchun ham rossiyalikni chaqirgan.

Taysumov — Aleks lageridagi xavfli «qurol». Xuddi bo'lajak raqibdagi sparing sherikni topish qiyin. Biroq Mayrbek deyarli Islamning «egizagi». Taysumov turib yaxshi jang qiladi va kurashishni ham biladi. Uning yordami bilan Aleksandr bir oy ichida barcha nozik jihatlarini yaxshilab olishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing