So’nggi yangiliklar

19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0 16:16Макс Холлоуэй қандай ҳолатда Топуриянинг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 1 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0

24 sen 18:27
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik federaciyasi endi jamoaviy licenziyaga bor etiborini qaratmoqchi

Teglar :  Qilichbozlik
“Qilichbozlarimizning Tokio-2020 Olimpiadasiga sportimiz tarixida ilk bor 3 ta licenziya olishgani oldinga tashlangan katta qadam bo'ldi. Biroq bu bilan to'xtab qolmaymiz”.

MOQ hamda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov qilichbozlarimizning Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtirokiga bag'ishlangan yig'ilishda shu fikrlarni ilgari surib o'tdi. O'zDJTSU qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor Rashid Matkarimov, Sportning yakkakurash turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi mutasaddilari va murabbiylari bilan o'tgan uchrashuvda bir qator istiqbolli rejalar muhokama qilib olindi.

“Ha, malum yutuqlarimiz bo'ldi. Ilk bor ushbu sport turida 3 ta licenziya olganimiz, 18 yoshli qizimizning kuchli sakkizlikdan joy olgani ulkan natija. Biroq bu bilan to'xtab qolmaymiz. Prezidentimiz 13 avgust kuni Olimpiyachilarimizni qabul qilganlarida har bir federaciyaning ishtirokini tanqidiy ko'rib chiqish bo'yicha topshiriq bergan edilar. SHu bois bugun faoliyatimizga shu jihatdan nazar tashlaymiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Uchrashuvda licenziya olinmagan yo'nalishlarning faoliyati tanqidiy ko'rib chiqilib, ularni rivojlantirish dasturlari muhokama qilindi. Qilichbozlik sportida jamoaviy yo'nalishda licenziya olgan mamlakatlar to'g'ridan to'g'ri yakkalik dasturida 4 ta yo'llanmaga ega bo'ladi. SHu bois Parij-2024 Olimpiadasida asosiy etibor jamoaviy yo'llanmalarga qaratilishi takidlandi. SHuningdek, yig'ilishda selekciya ishlariga yanada katta ahamiyat qaratish, kuchli jamoalar, xususan, Evropa vakillari bilan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini ko'proq o'tkazish kabi masalalarga alohida to'xtalib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing