So’nggi yangiliklar

14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0 14:29Шаҳрам Ғиёсов Мэнни Пакьяонинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 14:08Иқтидорли хоккейчимиз Салоҳиддин Азимов Швеция клубига ўтди 0 13:47Шомуродов ва Файзуллаев Туркияда юртимиз шарафини ҳимоя қилаётган даун синдромли спортчиларимиз билан учрашди + ФОТО 0 13:2622 ёшли Алькарас Надаль ва Сампраснинг натижасини такрорлади 0 13:05Лобов Конорнинг Путин билан учрашуви ва унга виски совға қилганини эслади 0 12:44Станионис Эннисга мағлуб бўлганидан кейинги илк жангини ўз уйида ўтказади 0 12:23Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган 0 12:02Винус Уильямсга US Open-2025 турнир учун wild card тақдим этилди 0 11:41Муҳаммаджон Қурбоновнинг навбатдаги жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 11:20Собиқ жаҳон чемпиони Энди Руис рингга қайтишга яқин 0 10:59"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди 0 10:38Хамзат Чимаев UFC тарихидаги беш буюк жангчини санаб берди 0 10:17Дунёнинг биринчи ракеткаси Цинциннати "Мастерс" 1/4 финалида 0 09:56Шунчаки қойил! Дрикус дю Плесси жанглар оралиғидаги вазнини айтди 0

13 avg 07:01
Yangiliklar

SHaxmat

"Qonaev Cup 2025" turniri yakunlandi. SHaxmatchilarimizning o'rinlari qanday bo'ldi?

Qozog'istonning Olma-Ota shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli "Qonaev Cup 2025" turniri yakuniga etdi.

Uchta guruhda tashkil etilgan musobaqada dunyoning 19 davlatidan jami 268 nafar shaxmatchi sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bordi. Ushbu turnirda O'zbekiston sharafini 5 nafar shaxmatchimiz himoya qildi va afsuski, ulardan hech biri sovrinli o'rinlarni egallay olmadi.   

Mukofot jamg'armasi 78 000 dollarni tashkil etgan "Masters" guruhida Muhammadzohid Suyarov (2488) va Humoyun Begmuratov (2466), 15 000 dollar sovrin puliga ega "Challengers" guruhida esa grossmeysterimiz Aleksey Barsov (2323), shuningdek Miraziz Matyakubov (2260) hamda Azamat Daurimbetov (2199) o'z omadini sinab ko'rdi. 

So'nggi 9-turda Muhammadzohid Suyarov qora donalarda FIDE bayrog'i ostida o'ynagan grossmeyster Nikita Afanasev (2499)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu uning ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi. Humoyun Begmuratov esa so'nggi turda yana durang o'ynadi. Qora donalarda harakat qilgan yosh shaxmatchimiz qozog'istonlik Miras Assilov bilan murosaga keldi. 

Yakunda Muhammadzohid Suyarov 4,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra roppa-rosa 30-o'rinni egalladi. To'qqiz imkoniyatdan 4 ochko jamg'argan Humoyun Begmuratov esa 46-o'rin bilan cheklandi. "Masters" guruhi chempionligi 6,5 ochko jamg'argan hindistonlik grossmeyster Aditya Mittal (2660)ga nasib etdi. U chempionlik bilan birga 18 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Aditya singari 6,5 ochkoga ega FIDE bayrog'i ostida o'ynagan Aleksey Grebnev (2595) ikkinchi o'rinni egalladi. Bir yo'la 10 nafar ishtirokchi 6 ochko to'pladi, ular orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega misrlik Amin Bassem (2633) kuchli uchlikka yakun yasab berdi.   

"Masters" guruhiga qaraganda "Challengers"da qatnashgan shaxmatchilarimizning natijalari yaxshiroq bo'ldi. Tajribali grossmeysterimiz Aleksey Barsov so'nggi 9-turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay, qozog'istonlik Alibek Igambergenovni mag'lubiyatga uchratdi. Miraziz Matyakubov oq donalarda mo'g'ulistonlik Nyamdavaa Enxbolordan ustun keldi. Azamat Daurimbetov esa afsuski, muhim pallada rossiyalik Konstantin Kornienkoga oq donalarda o'ynagan bo'lishiga qaramay, imkoniyatni boy berdi. G'alaba qozonganida, aniq kuchli uchlikda bo'lar edi. 

SHu tariqa, Aleksey Barsov 9 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 7-o'rinni egalladi. Azamat Daurimbetov 6 ochko bilan 10-o'rindan joy oldi. Miraziz Matyakubov esa 5,5 ochko bilan 16-pog'onaga joylashdi. Bu guruhda g'oliblik qozog'istonlik Abilmansur Ablixayirga nasib etdi. U singari 7 tadan ochko to'plagan Konstantin Kornienko va yana bir mezbonlar vakili  Baxtiyar Asqarov kuchli uchlikni yakunlab berdi. Agar Daurimbetov Kornienkoni yutganida, aynan hamyurtimiz 2-o'ringa sazovor bo'lardi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing