So’nggi yangiliklar

16:17"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди 0 15:55Уайт Жон Жонс Оқ уйдаги турнирнинг асосий жангида чиқишини истамайди 0 15:27Дрикус дю Плесси UFC’да илк мағлубиятини қабул қилиб олди 0 15:02Уайт Чимаевнинг навбатдаги жанги ҳақида: "Албатта Абу-Даби ҳақида ўйлаб кўрдим" 0 14:39Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди 0 14:16ММА юлдузларининг Чимаев — Дю Плесси жангига муносабати 0 12:53Боксчиларимиз Ливерпулдаги Жаҳон чемпионати олдидан Англиянинг ўзида йиғин ўтказишади 0 12:28Разамбек Жамалов Хамзат Чимаевни қўллаб-қувватлаш учун Чикагога борди (ФОТО) 0 12:05Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди 0 11:41Octagon 77: Эркебулан Токтар, Камил Каратэ ва Одилхон жанг қилган турнирда ўзбекистонлик спортчилар қандай натижа қайд этди? 0 11:20Конор Макгрегор Хамзат Чимаевни биринчилардан бўлиб табриклади 0 10:58Чимаев — Дю Плесси: ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма (ФОТО) 0 10:35Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:12UFC 319: Бонус пуллари қайси спортчиларга насиб этди? 0 10:08"Мен бу жангнинг ҳар бир дақиқасида ғалаба қозондим". Чимаев чемпионликни қўлга киритганидан сўнг нималар деди? 0

30 may 09:47
Yangiliklar

Engil atletika

Roksana Xudoyorova Franciyada kumush medalni qo'lga kiritdi

Mahoratli engil atletikachimiz Roksana Xudoyorova Evropada yana bir xalqaro musobaqada ishtirok etdi.

Bu safar vakilamiz Franciyaning Forbak shahrida tashkil etilgan “Meeting international de Forbach” turnirida shohsupaga ko'tarildi.

Xudoyorova bu gal ham o'zining sevimli uch hatlab sakrash yo'nalishida qatnashdi. Turnir ochiq havoda o'tgan bo'lsa ham, bellashuvlar vaqtida havo haroratining +11 gradusga tushib ketgani atletlar uchun noqulaylik tug'dirdi.

Natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, Tokio-2020 ishtirokchisi Roksana Xudoyorova medallar uchun Olimpiada finalchilari bilan raqobatlashdi. Yakunda 13,42 metr natija bilan hamyurtimiz kumush medalga sazovor bo'ldi. G'oliblik 14,14 metrga sakragan finlyandiyalik Kristina Makelaga nasib etgan bo'lsa, mezbon Rugi Diallo 13,31 metr bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.

“Meeting international de Forbach”, Franciya

Uch hatlab sakrash, ayollar:

1. Kristina Makela (Finlyandiya) – 14,14

2. Roksana Xudoyorova (O'zbekiston) – 13,42

3. Rugi Diallo (Franciya) – 13,31

Bu Xudoyorova uchun so'nggi besh kun ichidagi uchinchi start bo'ldi. Avstraliyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazgan atletimiz 25 may kuni Greciyada, 27 may kuni Polshada o'tgan xalqaro musobaqada beshinchi o'rin bilan kifoyalangan edi. Bunday tig'iz taqvimdagi ishtirokiga vakilamiz quyidagicha izoh berdi:

“Besh kun ichida uchta turli mamlakatlardagi musobaqada qatnashish juda murakkab. Beshta parvozdan so'ng barqaror natijalar ko'rsatganimdan ko'nglim to'ldi. Deyarli mudroq va horg'in holatda, murabbiylarsiz bir o'zim murakkab yo'lni bosib o'tdim. Endi yanada katta g'ayrat bilan keyingi startlarga tayyorlanaman”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing