17 avg 12:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Razambek Jamalov Xamzat CHimaevni qo'llab-quvvatlash uchun CHikagoga bordi (FOTO)
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, chechenistonlik Parij Olimpiadasi g'olibi Razambek Jamalov okean ortiga bordi.
Jamalov bugun AQSHning Illinoys shtati, CHikago shahrida o'tkazilgan UFC 19 turnirida mehmon bo'ldi.
Razambek musobaqa doirasida hamyurti Xamzat CHimaevga muxlislik qildi. Xamzat turnirning markaziy jangida janubiy afrikalik Drikyus Dyu Plessini mag'lub etib, UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Takidlash joiz, Jamalov va CHimaev do'st sanaladi. Quyidagi suratda uning Xamzat sekundanti sifatida ishlagan Arman Carukyan bilan birga ekanini ko'rish mumkin. Jangdan keyin esa u Xamzatni tabriklab, esdalik uchun suratga ham tushdi.
Havola :
Manba : instagram.com/zhamalov_razambek
Fikrlar