17 avg 10:08
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men bu jangning har bir daqiqasida g'alaba qozondim". CHimaev chempionlikni qo'lga kiritganidan so'ng nimalar dedi?
UFCning yangi chempioni Xamzat CHimaev Drikus dyu Plessini mag'lubiyatga uchratganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men bu jangning har bir daqiqasida g'alaba qozondim, eng oxirgisidan tashqari. Albatta xursandman. Bu kamar mamlakatim uchun juda muhim. Jang uchun qandaydir maxsus reja bor edi deya olmayman. SHunchaki oldinga bordim va zaldagi kabi ishladim. U haqiqiy sher", - dedi CHimaev jangdan so'ng.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev 5 raund to'liq davom etgan jangda bir ovozdan 50:44 hisoblarida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar