So’nggi yangiliklar

13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0 13:17Волкановски: "Мен ҳар доим пул учун жанг қилганман" 0 12:56Николай Валуев 15 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди 0 12:35Аҳмадалиев — Иноуэ жанги манзили ўзгарди 0 12:14Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум 0 11:53Шахматчиларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич илк учрашувларини ўтказишди 0 11:32Уимблдон. Новак Жокович 1/2 финалда 0 11:11Бугун Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади (Кард, бошланиш вақти ва трансляция бўйича маълумотлар) 0 10:50"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчини олиб келмоқчи 0 10:29Цзю ўзи жанг қилиш истагида бўлган уч рақиб номини айтди 0 10:08Классикларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 2 та медалга эга чиқишди 0 09:47Чарльз Оливейра даҳшатли нокаутидан кейин қайтишга тайёр, эҳтимолий рақиб ҳам маълум 0 09:26"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади 0 09:05UFC турнири ўтказиладиган давлатлар сони 30 тага етди 0 08:44Нукусда Ўзбекистон ва Корея Республикаси ҳамкорлиги доирасида учрашув бўлиб ўтди 0

12 sen 16:14
Yangiliklar

O'q otish

Rossiyada g'oliblikni qo'lga kiritgan “Vatanparvar” sportchisi munosib kutib olindi

Xabar berganimizdek, sakkiz kun davomida Rossiyaning Qozon shahri MDH o'yinlariga mezbonlik qildi.

Toshkent xalqaro aeroportida Rossiyada birinchi MDH davlatlari o'yinlarida ishtirok etgan sportchilarimiz O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh direktori Anvar Kurbaniyazov va Namangan viloyati kengashi raisi Ahmadjon Alaxodjaev boshchiligida tantanali kutib olindi.

Ushbu musobaqaning pnevmatik quroldan o'q otish yo'nalishida 1-o'rinni egallab, oltin medalga sazovor bo'lgan –“Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining o'q otish sporti sekciyasi azosi Muhammad Kamalov kutib oluvchilar safida o'z ota-onasi ko'rib behad quvondi.

“Qanday yutuqqa erishgan bo'lsam, barchasi “Vatanparvar” tashkilotida faoliyat yuritayotgan ustoz-murabbiylarim bergan saboqlar natijasidir. O'z iqtidorimni namoyon etishim uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etgan davlatimiz rahbari va “Vatanparvar” tashkiloti rahbariyati hamda ustozlarimdan juda minnatdorman. Eng katta orzularimdan biri – 2024 yilda Franciyada bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritish”, dedi Muhammad Kamalov jurnalistlarga bergan intervyusida.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing