So’nggi yangiliklar

14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0 14:29Шаҳрам Ғиёсов Мэнни Пакьяонинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 14:08Иқтидорли хоккейчимиз Салоҳиддин Азимов Швеция клубига ўтди 0 13:47Шомуродов ва Файзуллаев Туркияда юртимиз шарафини ҳимоя қилаётган даун синдромли спортчиларимиз билан учрашди + ФОТО 0 13:2622 ёшли Алькарас Надаль ва Сампраснинг натижасини такрорлади 0 13:05Лобов Конорнинг Путин билан учрашуви ва унга виски совға қилганини эслади 0 12:44Станионис Эннисга мағлуб бўлганидан кейинги илк жангини ўз уйида ўтказади 0 12:23Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган 0 12:02Винус Уильямсга US Open-2025 турнир учун wild card тақдим этилди 0 11:41Муҳаммаджон Қурбоновнинг навбатдаги жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 11:20Собиқ жаҳон чемпиони Энди Руис рингга қайтишга яқин 0 10:59"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди 0 10:38Хамзат Чимаев UFC тарихидаги беш буюк жангчини санаб берди 0 10:17Дунёнинг биринчи ракеткаси Цинциннати "Мастерс" 1/4 финалида 0 09:56Шунчаки қойил! Дрикус дю Плесси жанглар оралиғидаги вазнини айтди 0

28 apr 15:17
Yangiliklar

Futbol

Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" va "Paxtakor"ning OCHL guruh bosqichidagi o'yinlari haqida gapirdi

Biroz avval "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari OCHL guruh bahslarini yakunlab, Saudiya Arabistonidan qaytib kelishdi.

OCHLning keyingi bosqichini hal qilgan «Nasaf» jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev turnir haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

«Bizning guruhdan o'rin olgan jamoalarning barchasi kuchli edi. SHunga qaramasdan, bizning futbolchilar ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'rdi va ularga qarshi yaxshi o'yin ko'rsata olishdi. Oldimizga keyingi bosqichga chiqish vazifasi qo'yilgandi va buni biz juda ajoyib tarzda amalga oshirdik»,-dedi «Ajdarlar» bosh murabbiyi.  

- «Nasaf» jamoasining O'zbekiston chempionatidagi startidagi o'yini bilan, OCHLdagi o'yini keskin farq qildi. Nimaning evaziga bunday o'zgarishlar bo'ldi?

- Jamoa qancha ko'p o'yinga ega bo'lsa, shuncha  o'yin amaliyotga ega bo'ladi. Buni yigitlar o'yinlarda ko'rsata olishdi.  Tarkibimizda qancha jarohatlar bo'lishga qaramasdan, yigitlar katta ishtiyoq bilan o'ynashdi va shu sababli keyingi bosqichga chiqdik. Fursatdan foydalanib, barcha o'zbek muxlislarini bu kichik yutuq bilan tabriklayman.  

- Nasrullaev va bir nechta futbolchilar jarohat oldi. Siz uchun qaysi chiziqlardagi yo'qotishlar qiyinchiliklar tug'dirdi?

- Oxirgi ikki yil ichida SHerzod bizni etakchimizga aylandi. U bizga kerakli chiziqda harakat qiladi, chunki chap qanot himoyasida bizda boshqa o'yinchi yo'q edi. SHuning uchun, Alibek bilan SHerzodning qanotini yopishga harakat qildi. Davronov yosh bo'lishiga qaramasdan, ancha yaxshi harakat qildi va bizning ishonchimizning oqladi. SHerzod Nasrullaev va G'olib G'aybullaevning yo'qligi o'yinimizga yaxshigina tasir qildi. 

- Keyingi bosqichga chiqildi va keyingi raqibga qarshi ancha vaqt bor. Keyingi raqibingiz haqida...

- Biz navbatdagi raqibimiz haqida kecha bildi. Keyingi bosqichdagi raqibimiz Saudiya Arabistonining «Al-SHabab» jamoasi. Hozirda jamoa milliy chempionatda to'rtinchi pog'onada ketayotgan ekan. Ularning bir nechta legioneri bor.  Biz Saudiyaning jamoasiga qarshi maydonga tushdik va ularning barcha jamoasi yaxshi saviyada ekanligini bildik.   «Al-SHabab»ga qarshi o'yin ham oson bo'lmaydi, biroq OCHLdagi o'yinimiz orqali ancha tajribaga ega bo'ldik va ularga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatamiz deb o'ylayman. 

- Guruh bosqichining so'nggi turidan avval «Nasaf» yirik hisobda mag'lub bo'lmasa, keyingi bosqichga chiqishi aniq edi. Bu jamoaning o'yiniga tasir qilmadimi?

- Manimcha, bu holat ozgina tasir qildi. Buni futbolchilarimning o'yinidan sezdim. SHu sababli, kiyim alishtirish xonasida bu haqida juda ko'p bor takidladim. Biz hali maqsadimizni 100 foiz hal qilmagan edik va ularni ruhan jiddiy tayyorlashga harakat qildim. 

- «Paxtakor» o'yini haqida...

- «Paxtakor»ning bir nechta o'yini ko'rdik. Ularning o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, ular ancha yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ularning o'yinlarda yaratgan vaziyatlari butun mavsumga etsa kerak. «Paxtakor»dan biroz omad yuz o'girgan bo'lsa ham kerak. Lekin biz va «Paxtakor» OCHL bahslarida yaxshi darajani ko'rsata oldik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing