So’nggi yangiliklar

19:32Конор МакГрегор допинг тестлар базасига қайта кирди 0 19:11Андижон “Uzbekistan Judo Tour”да кучлилар аниқланди 0 18:50Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди 0 18:29"UFC мени ҳурмат қилмаяпти" - Хукер 0 18:08U-19 жаҳон чемпионати. 1/8 финалдан ўрин олган Ўзбекистон - Италия ўйини кутилганидан тез якунланди 0 17:41Икки кишининг ўлимига сабаб бўлган Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси 10 йилга қамалиши мумкин (+ВИДЕО) 0 17:20Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди 0 16:59Рой Жонс: "Мен Усикни мағлуб этиш йўлини топган бўлардим" 0 16:38Леннокс Льюис Усикни енгиши мумкин бўлган боксчи кимлигини айтди 0 16:14Лазизбек Мулложоновда антидопинг қоидаларини бузиш борасида муаммолар пайдо бўлди 0 15:50Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси 0 15:24Esports World Cup Chess. Бироздан сўнг Нодирбек ва Жавоҳир сўнгги имкониятдан фойдаланади, рақиблар маълум 0 15:03"Хамзатдан қочиш керак эмас". UFC собиқ чемпиони Дю Плессига маслаҳат берди 0 14:41Esports World Cup Chess. Абдусатторов Магнус Карслен, Синдаров Ҳикару Накамурага қарши ўйнади 0 14:20"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди (ФОТО) 0

08 mar 13:11
Yangiliklar

Dzyudo

Sportni rivojlantirish vaziri O'zbekiston dzyudo federciyasida bo'ldi + FOTO

Teglar :  Adham Ikramov
Malumki, bir necha kun muqaddam O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil etilib, uning tarkibiy qismi shakllantirilgan edi.

Kecha O'zbekiston sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov mamlakat dzyudo federaciyasi bilan yaqindan tanishish maqsadida mutasaddi va masullarimiz bilan uchrashdi. Unga vazir o'rinbosari SHahrullo Mahmudov va MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov hamrohlik qildi. 

Adham Ilhamovich MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, masullar, murabbiylar bilan oldinda turgan rejalarni muhokama qildi. Suhbatning duoi xayrdan boshlanganini alohida takidlab o'tish joiz.  

“Hurmatli Prezidentimiz sportimizni yanada rivojlantirish va uni yangi bosqichga olib chiqish yo'lida bizga ishonch bildirdilar. Biz Sizlar bilan ushbu ishonchni oqlashga, bir jamoa bo'lib faoliyat olib borishga bel bog'laganmiz. Davlatimiz rahbari ommaviy sportni rivojlantirish, kuchli selekciyani yo'lga qo'yish, oliy sport yutuqlari nufuzini oshirish kabi muhim yo'nalishlar bo'yicha ko'rsatma berganlar. SHubhasiz, bunday ishlarni bajarishda ahil jamoa bo'lishimiz lozim. Men federaciyalar bilan tanishishni bejiz dzyudodan boshlamadim. Deyarli barcha Olimpiadalarda bu sport turi mamlakatimizga medal taqdim etib kelgan. Oldimizda yilning eng muhim musobaqasi - Osiyo o'yinlari bor. Qolaversa, bu yil O'zbekiston ilk bor dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ana shu musobaqalarda barchamiz bir yoqadan bosh chiqargan holda jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak”, – dedi Adham Ikramov.

Vazir federaciyada faoliyat yuritayotgan shifokor, dietolog va massajchilarimiz bilan alohida suhbat qurdi. Ularning dzyudochilar erishajak g'alabalarda hissasi ulkan bo'lishini, buni his qilgan holda hamisha ishga astoydil yondashishlari kerakligini takidladi.  

“Men olimpiya qo'mitasidagi yig'ilishda ham aytdim va yana takrorlayman, biz federaciyalarimizga “nima berasan?” degan savol berishdan avval “nima kerak?” deb murojaat qilishimiz lozim. Ularning barcha muammolarini o'rganib, ularga echim topganimizdan so'nggina natija talab qilishimiz mumkin”, – deya qo'shimcha qildi Sportni rivojlantirish vaziri.

Adham Ikromov federaciyaga tashrifi davomida har bir yo'nalishdagi mutaxassislar bilan alohida suhbatlashdi. Muammo va kamchiliklar haqida so'radi. Xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda yurtimizning barcha hududlarida dzyudo maktablarining qurilishi va ularning yosh ixtiyoriga topshirilish jarayoniga ijobiy baho berdi. Selekciya jarayonini jonlantirish yo'lida bu ixtisoslashtirilgan maktablar katta ahamiyatga ega ekanini urg'uladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing