So’nggi yangiliklar

13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0 12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0 12:11Муроджон Аҳмадалиев илк бизнесини йўлга қўйди (ВИДЕО) 0 11:50UzChess Cup. Бугун ғалвир сувдан кўтарилади, уччала гуруҳда ҳам чемпион бўлишимиз мумкин 0 11:29Шоҳасан яна ўйиндан чиқди. Octagon 75 марказий жангида Азамат Нуфтиллаевни кўрамиз + ПОСТЕР 0 11:08Элдор Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди 0 10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0

15 noy 14:23
Yangiliklar

Boshqalar

Stendda otish bo'yicha O'zbekiston kubogi o'z egalarini topdi

Teglar :  Stenddan otish
10-14 noyabr kunlari O'rtasaroy o'q otish majmuasida bo'lib o'tgan stendda otish bo'yicha O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

Musobaqada jami 28 nafar sportchi ishtirok etdi. Saralash bosqichidan so'ng ikkita olimpiya yo'nalishi: trap (transheyn stendi) va skeet (davraviy stend) bo'yicha finalchilar malum bo'ldi.

Final bayramona ruhda kechdi. Kubok bahslarining so'nggi kunida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti R.SHoabdurahmonov, Qo'mita Bosh kotibi O.Kasimov, O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi raisi O.Norinboev va homiy tashkilotlar vakillari finalni bevosita kuzatishdi. 

Quyidagi sportchilar kubok bahslarining g'olib va sovrindorlari bo'lishdi.

Transheyn stendda:

Erkaklar o'rtasida

1-o'rin – Demyan Krivov
2-o'rin – Timur Gafarov
3-o'rin – Georgiy Popov

Qizlar o'rtasida

1-o'rin – Gafarova Kamila
2-o'rin – Milina Rajapova
3-o'rin – Daniella Mishanova

Davraviy stendda:

Erkaklar o'rtasida

1-o'rin – Ruslan O'taganov
2-o'rin – Bekzod Abdurahimov
3-o'rin – Kirill Podgaeckiy

Yoshlar o'rtasida

1-o'rin – Daniil Jalnin
2-o'rin – Gleb Nesterenko
3-o'rin – Ernest Settarov

Taqdirlash marosimida federaciya raisi Oybek Norinboev ishtirokchilarga o'zining iliq fikrlarini bildirib o'tdi:

“Stendda otish bo'yicha joriy yilgi birinchi O'zbekiston kubogi bahslari o'z yakuniga etdi. Bugun biz yangi anana yaratib, o'ziga xos sahifa ochyapmiz. Maqsadimiz o'zbek o'q otish sporti tarixini o'zgartirishdir. Ajoyib istedodli sportchilarimiz bor. Ahil, hamjihat bir jamoa bo'lib ishlasak, albatta, mamlakatimizda o'q otish sporti saviyasini yuksaklikka, Olimpiya o'yinlari cho'qqisiga olib chiqishimiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing