So’nggi yangiliklar

19:19Муҳаммадқодир Тоштемиров Осиё чемпионати шоҳсупасида 0 18:48Майк Тайсон қачондан бери наша чекмаётганини айтди 0 18:27Расман! Роберт Левандовски "Барселона"ни тарк этади 0 18:06Каранонинг мураббийи: "Жина қўлларида эркаклардек уради, оёқларида эса отдек тепади" 0 17:45Менежер Ломаченконинг қайтиш режалари ҳақида гапирди 0 17:24MVP жангчилари тарозида: Роузи ва Карано хонимлар уддалади, Нганну рақибидан 16 кг оғир тош босди 0 17:03Корея ЖЧ-2026 учун қайдномасини эълон қилди 0 16:42"Кечаси аҳволи ёмонлашди". Царукян Чимаев UFC 328 олдидан қандай ҳолатда бўлганини айтди 0 16:21Конор Макгрегор 2026 йилда UFC’да энг кўп допинг-тест топширган жангчига айланди 0 16:00WBO Бивол — Айферт жанги ғолибига мажбурий даъвогар ким бўлишини маълум қилди 0 15:39"Аякс" "Барселона"нинг икки нафар дарвозабони билан шартнома имзолашга қизиқиш билдирмоқда 0 15:18Арман Царукян Илия Топуриянинг кучли жиҳатларини айтди 0 14:57Тош кўтарувчиларимиз Осиё чемпионатида 18 та медаль қўлга киритишди 0 14:36Жон Жонс фаолиятидаги энг қийин рақибларини айтди 0 14:15"Арсенал" товон пули 80 млн евролик футболчига жиддий қизиқиш билдирмоқда — The Sun 0

15 sen 12:28
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun "Navbahor" - "Paxtakor" va yana ikki o'yin bor

Bugun Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan so'nggi uchta o'yin bo'lib o'tadi.

“Qo'qon-1912” – “Bunyodkor”

15 sentyabr 2019 yil. Qo'qon, "Markaziy" stadioni. 16:15

Hakamlar: Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Doniyor Saylavov, Doston Rahmonov

Oxirgi ikki turni o'z maydonida o'tkazgan klublar o'rtasidagi uchrashuv. Bu jamoalar bugunga qadar O'zbekiston chempionatida 9 marta ro'baro kelishgan. Uchrshuvlarning ettitasida “Bunyodkor” g'alabaga erishgan. Ikki uchrashuvda "Qo'qon-1912" raqibdan ustun kelgan.

Birinchi davrada "Bunyodkor" "Qo'qon-1912"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. "Qo'qon-1912" Superligadagi so'nggi uchta o'yinnig barchasida g'alaba qozondi. "Bunyodkor" esa oxirgi ikki uchrashuvda mag'lub bo'lmadi (bir g'alaba va bir durang).

“Navbahor” – “Paxtakor”

15 sentyabr 2019 yil. Namangan, "Markaziy" stadioni. 18:30

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov, Akmal Rahimov

O'zbekiston chempionatiga asos solinganidan buyon unda uzluksiz ishtirok etib kelayotgan ikkita klub o'rtasidagi bahs. SHota Arveladze yana Andrey Kanchelskisga qarshi.

"Paxtakor" bu mavsum mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'lib turibdi. "SHerlar" safarda 8ta o'yin o'tkazib bitta durang o'ynashdi va qolgan barcha uchrashuvda g'olib bo'lishdi. Safarda eng kam gol o'tkazgan klub ham "Paxtakor" (3ta).

"Navbahor" Superligada oxirgi 5ta turda faqat bitta g'alabaga erishdi xolos. Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatida 57 marta o'zaro o'yin o'tkazgan. 35 marta toshkentliklar, 13 marta namanganliklar g'olib chiqishgan. Qolgan 9ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Dastlabki davrada Toshkentdagi o'zaro o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.

“Lokomotiv” – “Metallurg”

15 sentyabr 2019 yil. Toshkent, "Lokomotiv" stadioni. 18:30

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov, Abdurashid Xudoyberganov

"Paxtakor"da bir necha yillar davomida birga ishlagan Samvel Babayan va Andrey SHipilov bir-biriga qarshi. “Lokomotiv” shu paytga qadar “Metallurg”ga qarshi 31ta o'yin o'tkazgan. O'zaro uchrashuvlarning 18tasida “temiryo'lchilar” zafar quchgan. 4ta bellashuvda esa “konchilar”ning “qo'li baland” kelgan. Yana 9ta o'yin durang bilan nihoyasiga etgan.

Dastlabki davrada Bekobodda o'tgan uchrashuvda hisob ochilmagan edi - 0:0. "Lokomotiv" bu mavsum o'z maydonida 10ta o'yin o'tkazdi va umuman yutqazmadi. "Metallurg" esa safardagi 9ta o'yinning faqat bittasida g'olib bo'ldi.

Ortda qolgan 18ta turdan so'ng "Lokomotiv" o'z maydonida eng kam gol o'tkazgan klub bo'lib turibdi - 5ta.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing