So’nggi yangiliklar

17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 13:45Истборн турнири бош соврини океан ортига кетадиган бўлди 0 13:24Илия Топурия кетма-кет 17-жангда ғалаба қозонди 0 13:03Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади 0 12:42Илия Топурия UFC тарихида аввал ҳеч ким эриша олмаган натижа қайд этди 0 12:21Таллон Грикспор Мальоркани забт этди 0 12:00Жейк Пол - Хулио Сезар Чавес рейтинг жанги тўлиқ давом этди 0

24 mar 21:39
Yangiliklar

Sambo

Toshkent sambo bo'yicha 2021 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Teglar :  Sambo
Bugun, 24 mart kuni Moskva shahrida o'tkazilgan Xalqaro sambo federaciyasi ijroqo'm yig'ilishida ushbu qarorga kelindi.

Sambochilar uchun yilning eng muhim musobaqasi hisoblanadigan jahon chempionati O'zbekiston poytaxtida 12-14 noyabr kunlari o'tkaziladi. 

Avvalroq, ushbu jahon chempionati mezboni sifatida Moskva shahri elon qilingandi. Biroq, Sport arbitraj sudi (CAS) qarori sabab Rossiya ikki yil davomida jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlari o'tkazish uchun davogarlik qila olmaydi. SHu sababli, Xalqaro sambo federaciyasi va Rossiya sambo federaciyasi ushbu musobaqani boshqa mamlakatda o'tkazish qaroriga kelishdi. 

"Biz jahon chempionatini o'tkazish uchun O'zbekiston sambo associaciyasidan taklif oldik. Toshkentda 2025 yilgi yoshlar Osiyo o'yinlari o'tkazilishini yodda tutgan holda, ushbu musobaqani O'zbekistonda o'tkazish imkoniyatini maqsadga muvofiq deb hisoblayman", - dedi yig'ilish davomida Xalqaro sambo federaciyasi prezidenti Vasiliy SHestakov. 

Osiyo sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullaev esa sambo bo'yicha jahon chempioni Toshkent uchun yoshlar Osiyo o'yinlari uchun o'ziga xos sinov vazifasini bajarishini takidlab o'tdi. 

"2025 yilda O'zbekistonda ilk marotaba yoshlar o'rtasida Osiyo o'yinlari o'tkaziladi. SHu sababli, ushbu musobaqada Osiyo Olimpiya Kengashi vakillari ham qatnashishadi. Musobaqa yoshlar Osiyo o'yinlari uchun test turnir vazifasini bajaradi".

Osiyo sambo uyushmasi rahbari shuningdek, jahon chempionatining tashkiliy qo'mitasi musobaqa qatnashchilariga viza bilan bog'liq masalalarda ham yordam ko'rsatilishini aytib o'tdi. 

"Pandemiya bilan bog'liq yuzaga kelgan qiyin vaziyat sabab, O'zbekistonda elchixonasi yo'q mamlakatlarga viza bilan bog'liq ko'mak beriladi. Ular aeroportning o'zidayoq viza olishlari mumkin bo'ladi. Elchixonasi bor mamlakatlar uchun esa viza berish jarayoni tezlashtiriladi. Bu musobaqa qatnashchilarining soni yanada oshishiga xizmat qiladi", - dedi Alamjon Mullaev. 

SHu tariqa, Toshkent shahri bu yil sambo bo'yicha ikki yirik musobaqaga mezbonlik qiladi: birinchisi iyun oyida Osiyo chempionati bo'lsa, ikkinchisi noyabr oyida jahon chempionatidir. 

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing