So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

21 iyu 14:47
Yangiliklar

Taekvondo

Toshkentda koreyalik taekvondo murabbiyi vatandoshi tomonidan pichoqlab o'ldirildi

Teglar :  Kim Jin Yung
Taekvondoning WT yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Kim Jin Yung Toshkentda o'ldirib ketilgani haqida Koreya nashrlari xabar bermoqda.

15 iyun kuni Toshkentda ikki nafar Janubiy Koreya fuqarosi o'rtasida yuzaga kelgan janjal natijasida ulardan biri vafot etdi. Bu haqda O'zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa soat taxminan 04:00 larda poytaxtning CHilonzor tumani Do'mbrobod 4-tor ko'chasida joylashgan uylarning birida sodir bo'lgan. 44 yoshli Koreya Respublikasi fuqarosi K. D. mast holatda 40 yoshli yurtdoshi K.J., bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida o'tkir tig'li jismni J.Kimga qarata otib, tan jarohat etkazgan. Natijada K.J. tan jarohatlari bilan RSHTYOIMga olib borilgan.

Mazkur xolat yuzasidan CHilonzor tumani IIO FMB Tergov bo'limi tomonidan K. D.ga nisbatan O'zbekiston Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, processual tartibda ushlangan. 16 iyun kuni jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

SHu kuni D.K.ga nisbatan O'zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «D» bandi (jabrlanuvchining o'lishiga sabab bo'lgan qasddan badanga og'ir shikast etkazish) bilan ayblov elon qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda taekvondo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi bo'lgan janubiy koreyalik o'ldirilgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.


Kim Jin Young (김진영) 15 iyun kuni tanishi, hamkasbi va vatandoshi tomonidan pichoqlangani, jabrlanuvchi kasalxonada 6 soat davomida operaciya qilingani, biroq 16 iyun kuni vafot etgani xabar qilindi.

Xabarda O'zbekistonda bir oy muqaddam tashrif buyurgan gumonlanuvchining jinoyat sodir etgan joydan qochib ketgani, ammo yaqin atrofda IIB xodimlari tomonidan qo'lga olingani qayd etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing