So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

30 may 07:02
Yangiliklar

Kurash

Toshkentda kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi + FOTO

Uch kun davomida Toshkent shahri mezbonlik qilgan kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan eng kuchli yosh va umidli polvonlar ishtirok etishdi.

Jami 20ta vazn toifasida kechgan bahslarga barcha polvonlar jiddiy tayyorgarlik bilan kelganligi musobaqaning nufuzini oshirish barobarida uni yanada qiziqarli va murosasiz o'tishini taminladi.

Musobaqaning so'nggi kunida og'ir vaznli ishtirokchilar gilamga chiqishdi. Jumladan, qizlar o'rtasida -63 kg vazn toifasida Namangan viloyati vakilasi Gulchiroy Isoqova surxondaryolik Muxlisa Xolmurodovani halol bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi. 63 kgdan yuqori vazn toifasida esa qashqadaryolik Marjona Kuchimova Buxoro viloyati vakilasi Mushtariy Afzalovaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

O'g'il bolalar o'rtasida -83 kg hamda undan yuqori vazn toifalarida gilamga chiqqan polvonlar o'rtasidagi bellashuvlar ham ishqibozlarning diqqat markazida bo'ldi. Unda yosh umidli polvonlarimizdan sirdaryolik Islom G'iyosov hamda Samarqand farzandi Elnur Xolmo'minov shoxsupaning eng yuqori pog'onasidan joy olishdi.

Musobaqa yakunida g'oliblar tantanali taqdirlandi. O'zbekiston chempionatida kuchli uchlikdan joy olgan sportchilarga medal, diplom va estalik sovg'alari topshirildi.

G'olib va sovrindorlar:

O'g'il bolalar

-60 kg. vazn toifasida:

1. Majidov Og'abek (Samarqand),

2. Sohibov Ibrohim (Buxoro),

3. Aliev Sardor (Qashqadaryo),

3. Asqarov Lazizbek (Toshkent sh.)


-65 kg:

1. SHokirov Ozod (Toshkent sh.),

2. Nurmetov Murod (Xorazm),

3. Nutfullaev Abdulloh (Toshkent sh.),

3. Mahmudov Orifbek (Toshkent sh.)


-71 kg:

1. Suyunov Erkin (Qashqadaryo),

2. Abdusamatov Nurmuhammad (Jizzax),

3. Nurmamatov Valijon (Buxoro),

3. Majidov Jahongir (Buxoro).


-77 kg:

1. Suvonov Mirjahon (Toshkent sh.),

2. Yusupboev Inom (Xorazm),

3. Safarov Dilshod (Navoiy),

3. Sodiqov Munisbek (Toshkent sh.)


+83 kg:

1. G'iyosov Islom (Sirdaryo),

2. Xolmo'minov Elnur (Samarqand),

3. Mamayusupov Iskandar (Toshkent sh.),

3. Abdunabiev Azizbek (Surxondaryo).


Qizlar

+63 kg. vazn toifasida:

1. Kuchimova Marjona (Qashqadaryo),

2. Afzalova Mushtariy (Buxoro),

3. Aralova Mohinur (Qashqadaryo),

3. Usmonova Pokiza (Jizzax).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing