So’nggi yangiliklar

23:22Навбаҳор Ҳамидова мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ ярим финалига чиқди 0 23:06Ҳуморабону Мамажонова ЖЧдаги иштирокини якунлади 0 22:31Феруза Казакова ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 20:05Тўрабек Хабибуллаев ҳам қозоғистонлик боксчини ЖЧдан чиқариб юборди 0 19:21ЖЧ-2025. Жавоҳир Умматалиев қозоғистонлик Жаҳон чемпионини мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди 0 19:11Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди 0 18:50Шавкатжон Болтаевнинг иорданиялик боксчига қарши жанги якунланди 0 18:47Миразизбек Мирзахалилов ҳам ўз юришини чорак финалда якунлади 0 18:17Кадет қиличбозларимиз Осиё кубогида ҳозирча 3 та медалга эга чиқишди 0 17:52Олтиной Сотимбоева ЖЧда чорак финал жангини ўтказди 0 17:24"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди 0 17:02Ситора Турдибекова ҳам ЖЧдаги юришини якунлади 0 16:52Дана Уайт: "UFC жангчиларида гонорарни маълум қилиш борасида тақиқ йўқ" 0 16:31Ўзбекистонда ЖЧ-2025даги илк йўқотиш - Нигина Ўктамова АҚШ спортчисига ютқазди 0 16:15Тошкент бадминтон бўйича Марказий Осиё чемпионатини ўзида қабул қилади 0

27 jan 12:44
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Toshkentda quriladigan Olimpiya shaharchasining loyihasi OOK rahbariyati bilan muhokama qilindi

Teglar :  Osiyo o'yinlariMOQ
Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori, Xalqaro suzish federaciyasi prezidenti Husayn Al Musallam, Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashining Osiyo o'yinlari departamenti Bosh direktori Haydar Farmon poytaxtimizga tashrif buyurishdi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligida ular bilan “Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o'yinlari uchun barpo etiladigan sport obektlari loyihasi ko'rib chiqildi.

Yig'ilishda vazir Adham Ikramov va uning birinchi o'rinbosari Alisher Sadullaev, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo'mita raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov, Qurilish vazirining o'rinbosari SHukrullobek Jahongirov, Xitoyning “Camce” kompaniyasi muhandislari ishtirok etishdi.

Dastavval, xitoylik muhandislar loyiha haqida batafsil malumot berishdi. Olimpiya shaharchasida barpo etiladigan har bir obekt, uning parametrlari, qanday xom-ashyolardan qurilishi haqida to'xtalib o'tishdi. SHundan so'ng Adham Ikramov loyiha haqida qo'shimcha malumot berdi.

Yoshlar siyosati va sport vaziri Prezidentimiz mazkur shaharchadagi binolarning ko'p funkciyali bo'lishi zarurligi haqida topshiriq bergani, loyihada mazkur jihatga katta ahamiyat qaratilgani xususida to'xtaldi. SHuningdek, Oybek Kasimov har bir obekt qurilishida xalqaro tajribadan foydalanilayotganini qo'shimcha qildi.

Uchrashuvda OOK mutasaddilari ham o'z xulosalarini bildirishdi. Xususan, obektlar loyihasini yana bir bor xalqaro federaciyalarning ekspertlari bilan muhokama qilish, ularning talablarini yoddan ko'tarmaslik zarurligini takidlashdi. SHuningdek, arenalardagi akustika tizimidan tortib, translyaciya masalalari, tomoshabinlar va faxriy mehmonlar uchun ajratiladigan sektorlarni shakllantirish bo'yicha ham fikr almashildi.

Yakunda qurilish jarayoni boshlangach har 3 oy davomida xalqaro ekspertlar poytaxtimizga tashrif buyurib, jarayonga baho berib borishlari, qurilish yakunlanganidan so'ng 2025 yilning mart oylarida yangi arenalarda sinov musobaqalarini o'tkazish kabi g'oyalar ilgari surildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing