So’nggi yangiliklar

23:00Азамат Нуфтиллаев камар соҳиби бўлди, "Сатурн"да рақиб ўзгарди ва "Octagon 75" турнирининг барча натижалари 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

07 iyu 08:26
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkentdagi maktablarga tekbol inventarlari etkazilmoqda

Teglar :  Tekbol
Bir necha oy muqaddam Xalqaro tekbol federaciyasi (XTF) rahbariyati yurtimizga tashrif buyurib, mazkur sport turini mamlakatimizda targ'ib qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, MOQ va XTF o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Ushbu hamkorlik bitimining amaliy ishlari boshlab yuborildi.

Tadbir poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 38-maktabida bo'lib o'tdi. Unda Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ Bosh kotibi, O'zbekiston tekbol federaciyasi raisi Oybek Kasimov, shuningdek, Farhod Tojiev, Aziz Ibragimov, Islom Inomov, SHavkat Salomov, Kamoliddin Murzoev, Ruslan Mezlitdinov, Sunnatilla Mamadaliev kabi yaqin o'tmishimizning taniqli futbolchilari, maktab rahbariyati va o'quvchilari ishtirok etishdi.

XTF tomonidan yurtimizda ushbu sport turini ommalashtirish uchun 100 ta stol ajratildi. Ularning dastlabkisi Uchtepa tumanidagi ushbu maktabga topshirildi. Tadbir davomida o'quvchilar uchun tekbol sportining qoidalari, o'ziga xos xususiyati va qulayliklari haqida malumot berildi. Haqiqatda tekbol sporti maktab o'quvchilari uchun juda ham qulay bo'lib, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga katta turtki bo'ladi. Qolaversa, tadqimotda ushbu inventarlar bilan 5 ta sport turida bellashish mumkinligi alohida takidlandi. O'z navbatida MOQ va Xalq talimi vazirligi rahbariyati mazkur sport turini yanada ommalashtirish bo'yicha bir qator masalalarni muhokama qilib olishdi.

Yakunda ushbu maktab o'quvchilari uchun ko'plab tekbol inventarlari tortiq etildi. Rejaga ko'ra, bunday stollar Respublikamiz bo'ylab tarqatiladi. SHuningdek, maktab o'quvchilariga sog'lom turmush tarzi targ'iboti, Olimpizm g'oyalarini targ'ib qiluvchi ko'plab kitoblar sovg'a qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing