So’nggi yangiliklar

20:09Оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида мутлақ чемпион бўлди 0 19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0 17:53Спорт вазирлигида паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга бағишланган тақдимот бўлиб ўтди 0 17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0

05 sen 17:05
Yangiliklar

Qilichbozlik, Tadbirlar

Uch mintaqa vakillari Toshkentda

Teglar :  QilichbozlikMOQ
Bugun poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha Osiyo, Pan Amerika va Afrika konfederaciyalarining rahbarlari ishtirokida xalqaro konferenciya bo'lib o'tmoqda.

Mazkur tadbir ishtirokchilari MOQda mehmon bo'lishdi.Ularni Qo'mita rahbari Rustam SHoabdurahmonov va uning o'rinbosari SHerzod Tashmatov qarshi olishdi. 

Dastavval, mehmonlarga MOQ binosi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi, ularga o'zbek sportining shonli tarixi, Prezidentimizning sohaga qaratayotgan etibori xususida gapirib berildi. SHundan so'ng kichik majlislar zalida bir qator istiqbolli masalalar muhokama qilib olindi.

Takidlash joiz, delegaciya tarkibida Pan Amerika qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti Vitaliy Logvin, Afrika qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti Mbagnik Ndiaye, Osiyo qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Rusni Abu Hasan, shuningdek, Misr, BAA, Iordaniya qilichbozlik federaciyalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Suhbat davomida Rustam SHoabdurahmonov o'zbek qilichbozligining yildan yilga rivoj topib borishi, erishayotgan yutuqlari, bunda davlatimizning qo'llab-quvvatlashi haqida gapirib berdi.

“Hammangizni azim poytaxtimizda ko'rib turganimizdan bag'oyat mamnunmiz. Barcha muvaffaqiyatlarimizga davlatimiz rahbarining sportga qaratayotgan etibori bilan erishmoqdamiz. Jumladan, Tokioda ilk bor qilichbozlik sportida 3 ta yo'llanmaga ega bo'ldik. Ular orasida 18 yoshli sablyachi qizimiz kuchli sakkizlikdan joy oldi. Biz mezbonlik qilayotgan turli yirik xalqaro tadbirlar ham hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan o'tmoqda. Maqsad esa mamlakatimizda sport targ'ibotini yanada kuchaytirish”, – dedi MOQ rahbari.

Tadbir davomida BAA va Misr vakillaridan o'zaro hamkorlik rivojini yangi bosqichga olib chiqish, erishilgan so'nggi yutuqlar bilan o'rtoqlashish maqsadida hamkorlik memorandumini imzolash bo'yicha taklif bildirildi. SHuningdek, qilichbozlik istiqboliga oid bir qator masalalar atroflicha muhokama etildi.

Yakunda mehmonlarga MOQning esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar poytaxtimizda qad rostlayotgan Islom civilizaciyasi markaziga tashrif buyurib, u erda qad rostlayotgan islom olamining eng yirik zamonaviy markazlaridan birida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing