So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

30 may 16:08
Yangiliklar

Qilichbozlik

Ular Tokioga borishadi: Qoraqalpoq gavhari Zaynab Dayibekova

“Ular Tokioga borishadi” sahifamizni davom ettiramiz.

Bugun sizlar bilan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan eng yosh sportchilarimizdan biri, qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha Olimpiada licenziati, Zaynab Dayibekova haqida gaplashamiz.

Zaynab Kazbekovna Dayibekova 2002 yil 19 noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasida tug'ilgan. 2015 yildan qilichbozlik bilan shug'ullanib keladi. Birinchi murabbiyi Daurbek Jiermuratov.

2015 yil o'tgan Respublika chempionatida 3-o'rinni egalladi. Bu uning mazkur sportdagi ilk katta muvaffaqiyati bo'ldi. 2016 yildan Milliy terma jamoa tarkibiga qabul qilindi.

2017 yilga kelib mamlakat chempionatida kattalar toifasida ham chempionlikka sazovor bo'ldi. Xalqaro arenalardagi yutug'i esa 2018 yilga to'g'ri keladi. BAAda o'tgan Osiyo chempionatida Dayibekova jamoaviy yo'nalishda bronza medaliga ega chiqdi.

2018 yil Toshkentda o'tgan yoshlar o'rtasida Jahon kubogida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Kelgusi yil poytaxtimizda o'tgan mazkur musobaqada esa chempionlikni tantana qildi. SHundan so'ng Xalqaro toifadagi sport ustasi darajasiga erishdi.

Joriy yilning aprel oyida Toshkentda o'tgan Osiyo-Okeaniya licenzion musobaqasidagi g'alabasi orqali Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing