So’nggi yangiliklar

14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0 13:42ATP рейтинги. Чемпион Синнер 3430 очколик фарқ билан пешқадам, теннисчимиз 94 поғона юқорилади 0 13:21"100 фоиз ишонаман". Абдел-Азиз дю Плесси – Чимаев жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:00Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди? 0 12:39Александр Усик "идеал боксчи"ни тузди 0 12:18Республика олимпия ва паралимпия спорт турларига тайёрлаш маркази жамоаси “Interamnia World Cup” ғолиби! 0 11:57Octagon League навбатдаги турнирини эълон қилди, унда таниқли ҳамюртимиз иштирок этади 0 11:36Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди 0 11:15Уимблдон. Аёллар ўртасидаги жуфтлик турнирида ғолибалар аниқланди 0 10:54Том Аспиналлнинг тўлақонли чемпион сифатидаги илк жанги кимга қарши ўтиши маълум 0 10:33Эркин курашчиларимиз Осиё чемпионатида 3 та медаль қўлга киритишди 0 10:12Луис Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди 0 09:51Разамбек Жамалов Улуғбек Рашитовга мурожаат қилди + ФОТО 0 09:30Дзюдочиларимиз Junior European Cup 2025 мусобақасини 9 та медаль билан якунлашди 0

04 noy 09:18
Yangiliklar

Sambo

Ulug'bek Rahmonov: "Jahon chempionatining O'zbekistonda bo'lishi bizga kuch beradi"

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati jahon chempionati oldidan sportchilarimizning fikrini etiboringizga havola qilishda davom etadi.

Bu safar jahon chempionati sovrindori Ulug'bek Rahmonovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Toshkentda o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik yuqori darajada o'tmoqda. Bosh murabbiyimiz Roman Ildarovich SHakirov boshchiligida musobaqaga tayyorgarlik dasturi ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ushbu dasturning so'nggi bosqichida ish olib boryapmiz. Sambochilarimizning kayfiyati alo darajada. Musobaqada vatanimiz sharafini munosib himoya qila olamiz. 

Eng asosiy maqsadim - oltin medalni qo'lga kiritib, o'zimga bildirilgan ishonchni oqlashdir. 

Jahon chempionatiga etib kelgunga qadar, har bir sportchi jiddiy mehnat qiladi, turli to'siqlardan o'tadi. Musobaqadagi barcha raqiblarimga bir hil munosabatdaman. 

Mazkur jahon birinchiligining vatanimizda o'tkazilayotgani bizga qo'shimcha masuliyat va g'ayrat bermoqda. Ustozlarimiz, yaqinlarimiz va albatta muxlislarning yonimizda bo'lishi bizga ruxiy tomonlama kuch beradi", - dedi Ulug'bek Rahmonov.

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing