So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

23 iyu 09:10
Yangiliklar

Boks/MMA

"Umid va ishonch". O'zbekiston boks federaciyasida "Olimpiya kuni"ga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi

Teglar :  Olimpiya kuni
23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya kuni sifatida nishonlanadi.

SHu munosabat bilan, butun dunyoda, shu jumladan O'zbekistonda ham mazkur sanaga bag'ishlangan tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun O'zbekiston boks federaciyasida tashkil etildi. "Umid va ishonch" shiori ostida o'tkazilgan ushbu tadbirda O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, CHilonzor tuman prokurori, Ichki ishlar bo'limi vakillari, Toshkent shahar hokimiyati mutasaddilari, Olimpiya o'yinlari g'olibi Fazliddin G'oibnazarov, yosh bokschilar hamda IIV ro'yxatida turuvchi uyushmagan yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida so'zga chiqqanlar yoshlarni sportga qiziqtirishda, sog'lom turmush tarziga chorlashda bunday tadbirlarning ahamiyati yuqori ekanligi haqida gapirishdi. 

Yosh bokschilar ishtirokidagi ko'rgazmali chiqishlar, boks uchrashuvlari tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi. 

Tadbir yuzasidan O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev shunday dedi:

"Olimpiya kuniga bag'ishlab O'zbekiston boks federaciyasi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ushbu tadbirni tashkil etdik. Mazkur tadbirga yoshlarni taklif qilib, ularni sportga, hususan boksga qiziqtirish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash asosiy maqsadlarimizdan biridir.  

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan sportga, hususan boksga etibor yuqori. Aprel oyida PQ-5099 sonli qaror kuchga kirdi va biz bundan juda xursandmiz. Ushbu qaror bizga faoliyat olib borishimiz uchun qo'llanma, kerakli xujjat bo'ladi. 

Mana shunday tadbirlar orqali biz boksimizning bugungi holati, yutuqlarni yoshlarga tanishtirmoqdamiz va ularda boksga qiziqish uyg'otmoqdamiz. 

Ular boks orqali o'zlarini ko'rsatib, bayrog'imizni ko'tarishlari va yurtimiz madhiyasini yagrashiga sababchi bo'lishsa - biz uchun eng katta yutuq shudir", - dedi Murodjon Mamadaliev.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing