So’nggi yangiliklar

15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0 13:38Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0 13:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр 0 12:56Фьюри 500 млн доллар эвазига UFC'да жанг қилишга тайёр 0 12:35Нима? Трамп ва Уайт Оқ уйда UFC турнирини ўтказишмоқчи 0 12:14TUF 33. Қозоғистонлик Алиби Идрис ҳамюртимиз Фурқатбек Ёқубовга қозоқ чопонини совға қилди (ВИДЕО) 0 11:53Элдор Шомуродовнинг янги жамоаси маълум қилинди 0 11:32Дунёнинг биринчи ракеткаси Уимблдон учинчи даврасида 0 11:11Superunited Rapid & Blitz Croatia. Абдусатторовни ишлари чатоқ, Гукеш сўнгги 5 та учрашувда ғалаба қозонди 0 10:50Спорт вазири, МОҚ раҳбарияти Осиё кубогида шоҳсупага кўтарилган ёш дзюдочиларимизни тақдирлади + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

24 may 13:38
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Vanzantning turmush o'rtog'i sifatida mashhurlikka erishgan Vanderford. Aslida o'zi ham juda kuchli engilmas jangchi. Bitta zarba bilan raqibini “uxlatgan” + VIDEO

Teglar :  VanzantVanderford
Engilmas jangchi kamarlarni qo'lga kiritish uchun tezlik bilan harakat qilyapti.

Ushbu jang Vanderford uchun Bellator yo'lini ochib berdi.

Engilmas jangchi kamarlarni qo'lga kiritish uchun tezlik bilan harakat qilyapti 22 may kuni tunda Ankasvillda Bellator 259 turniri bo'lib o'tdi. Oqshomning asosiy bahsida yarim engil vazn toifasidagi chempion Kris Sayborg o'z kamarini amerikalik Lesli Smitdan himoya qilish uchun kurash olib bordi. Qolgan janglar erkaklar o'rtasida bo'lib o'tdi. Ularning birida amerikalik engilmas Ostin Vanderford raqibi Fabian Edvardsga qarshi oktagonga ko'tarildi. 

Vanderford MMA muxlislari orasida aralash janglarda taniqli hamda jozibali Peyj Vanzantning turmush o'rtog'i sifatida tanilgan. SHuningdek, u Bellator'da 5 ta jang o'tkazgan, havaskor va professional faoliyatida ham hali mag'lubiyatga uchramagan. Hozir amerikalik Bellator'ning o'rta vazn toifasi reytingida uchinchi o'rinda turibdi hamda Anatoliy Tokovning “Fyodor Tim” tashkilotida shug'ullanyapti. Bularning barchasi Vanderfordni yaqin kelajakda chempionlik kamari uchun asosiy davogarlardan biri sifatida chiqishga imkon beradi. 

Ostin hisobida 4 tadan og'ritish va hakam qarori bilan hamda 3 ta nokaut bilan qozonilgan g'alabalar mavjud. SHuningdek, Bellator'da ham barcha uslubda g'alaba qozonishga erishdi. Biroq, uning bitta jangi orqali butun dunyo tanib oldi. U birinchi raunddayoq braziyalik Edmilson Freytasni mag'lub qildi. Mana shu bahsdan so'ng Ostin Bellator bilan shartnoma imzoladi. 

Amerikalik boshidan Freytasga qarshi faol va aniq harakat qildi. Ostin raqibiga xay-kik, jeb, apperkot va qaqshatgich zarbalar yo'lladi. Bir yarim daqiqadan so'ng braziliyalikni qafasga siqib bordi hamda jag'iga o'ng tomondan zarba berdi. SHu zahotiyoq Freytas quladi. Jangni davom ettirish ortiqchaligiga qaramasdan Vanderford raqibiga yana bir nechta zarba yo'lladi, braziyalikning sog'ligini saqlab qolish uchun hakam tezlik bilan bahsni to'xtatdi.


Kamerada tomoshabinlar orasida o'tirgan Peyj Vanzatning reakciyasi ham suratga tushgan. Qiz turmush o'rtog'i Ostin uchun qarsak chaldi va uning muvaffaqiyatidan mamnun bo'ldi. U Edvardsga qarshi jangda ham Vanderfordning yonida bo'ldi. Sevikli rafiqasini xursand qilish uchun Ostin Vanderford hamma narsaga tayyor.


Championat.com asosida Ozoda Qayumova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing