So’nggi yangiliklar

14:00"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди 0 13:39Мутлақ жаҳон чемпиони Кэти Тейлор етти вазн чемпионига қарши трилогияда рингга кўтарилди 0 13:18Леонардо Ди Каприо бошқа юлдузлар Уимблдон кортларида + ФОТО 0 12:57Осиё чемпионатида медаллар сони бўйича етакчилик қилган оғир атлетикачиларимиз кутиб олинди 0 12:36Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони B Серия жамоасига ўтди 0 12:15Чемпион Шакур Стивенсон вақтинчалик чемпион Сепедадан бироз оғирроқ тош босди 0 11:54Владимир Свечников Венгриядаги турнирда олтин медални қўлга киритди 0 11:33Уимблдон. Янник Синнер - Новак Жокович учрашувида иккинчи финалчи аниқланди 0 11:12“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди 0 10:51Умида Омонова FIDE Жаҳон кубогининг учинчи босқичига чиқди 0 10:30UFC on ESPN 70 жангчилари тарозига чиқишди 0 10:09Аёллар кураши жамоамиз Осиё чемпионатида 4 та медалга эга чиқди 0 09:48Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин 0 09:27Уимблдон. Алькараснинг ғалабали серияси 24 тага етди ва у финалда! 0 09:06Бугун дзюдочиларимиз Junior European Cup 2025`даги иштироклари бошлашади (Қуръа натижалари) 0

19 okt 15:20
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol bo'yicha o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionlari aniqlandi

Teglar :  Voleybol
Qarshi shahrida voleybol bo'yicha 2005-2006 hamda 2007-2008-yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

Qizg'in va murosasiz kurashlar ostida o'tgan bahslar kecha o'z yakuniga etdi.

2005-2006-yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi musobaqada jami 13ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Faqat, ushbu yosh toifasidagi bahslarga Toshkent viloyati vakillari etib kelishmadi. Yakuniy natijalarga ko'ra, katta yoshli o'smirlar orasida Farg'ona viloyati vakillariga teng keladigan raqib topilmadi. Ular hal qiluvchi bahsda mezbonlar – Qashqadaryo viloyati jamoasidan ustun kelishdi. Navoiy hamda Andijon viloyati jamoalari 3-o'ringa loyiq ko'rildi.

2007-2008-yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi bahslarda ham 13ta jamoa 4ta guruhda bahs olib borishdi. Ushbu yosh toifasida bosh sovrin mezbonlar – Qashqadaryo viloyati terma jamoasiga nasib etdi. Ular finalda andijonlik tengqurlarini mag'lub etishdi. Buxoro viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi yosh voleybolchilari 3-o'rin bilan cheklanishdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar medal, diplom va kubok bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing