So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

23 iyu 14:17
Yangiliklar

Tokio-2020

Xalqaro Olimpiya kuni va “Tokioga 30 kun” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Inson o'zi yaratib, o'zi lol qolgan kashfiyotlari bisyor.

Asrlar osha do'stlik, halollik, beg'arazlik ruhini saqlab kelayotgan Olimpiya o'yinlarini o'tkazish g'oyasi ham inson tafakkuri ijodiga mansubdir. Bundan roppa-rosa 127 yil avval baron Per de Kuberten boshchiligida Olimpiya o'yinlarini tiklash uchun eng katta qadam qo'yildi, yani 1894 yilning 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ)ga asos solindi. SHu sabab ushbu sana butun dunyoda «Olimpiya kuni» sifatida nishonlab kelinadi.

Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda sog'lom turmush tarzi, Olimpiya harakatini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Yoshlarimizning sport bilan muntazam shug'ullanishlari, jismonan sog'lom bo'lishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bugun Sizlar bilan o'tkazayotgan ushbu bayramimiz ham hurmatli yurtboshimiz ilgari surayotgan ana shunday ezgu g'oyalar targ'ibotida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Butun dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sabab o'tgan o'tgan yil ushbu sana barcha davlatlarda onlayn tadbirlar bilan nishonlandi. Bugun ham koronavirus pandemiyasi to'liq ortga chekinmaganini inobatga olgan holda ushbu bayramni ixcham va chiroyli qilib o'tkazish ko'zda tutilgan. Mamlakatimizda 2021 yilgi Olimpiya kuni boshlanmoqda. 28 iyunga qadar davom etadigan ushbu haftalikda 15 ta federaciyalarimiz turli ommaviy tadbirlar, qiziqarli musobaqalar tashkil qilishni rejalashtirgan.

SHuningdek, bugun Yaponiyaning Tokio shahrida start oladigan  Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarining startiga roppa-rosa 30 kun qoldi. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hukumatimizning bevosita qo'llab-quvvatlashi ostida Turizm va sport vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan qizg'in hozirlik ko'rmoqda. 

Hozirga holatga ko'ra, O'zbekiston delegaciyasi Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga 72 ta, Paralimpiya o'yinlarida esa 29 ta yo'llanmani qo'lga kiritgan. Licenzion davr to'liq yopilmaganini inobatga olsak, mazkur ko'rsatkichlar yaqin kunlar ichida yanada ortishi kutilmoqda. 

Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi 23 iyul kuni Tokiodagi Olimpiya stadionida bo'lib o'tadi va musobaqa 8 avgustga qadar davom etadi.

Bugun Milliy matbuot markazida 23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuni va “Tokioga 30 kun” mavzularida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda MOQ nomidan tashkilot Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo'mita raisining o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etishdi.

Tadbirda mutasaddilar Xalqaro Olimpiya kunining yurtimizda nishonlanishi, tashkil etilayotgan tadbirlar, shuningdek, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari yo'lida tayyorgarlik rejalari, hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar xususida batafsil gapirib berishdi. O'z navbatida, jurnalistlar mavzular yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. 

Foto: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing