So’nggi yangiliklar

18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0 13:42ATP рейтинги. Чемпион Синнер 3430 очколик фарқ билан пешқадам, теннисчимиз 94 поғона юқорилади 0 13:21"100 фоиз ишонаман". Абдел-Азиз дю Плесси – Чимаев жанги ҳақида фикр билдирди 0

09 noy 20:22
Yangiliklar

Sambo

Xalqaro sambo federaciyasi ijrochi direktori Sergey Tabakov O'zDJTSUda bo'ldi

Teglar :  Sambo
Toshkent mezbonlik qiladigan jahon chempionati boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

SHu munosabat bilan, Xalqaro sambo federaciyasining martabali mehmonlari yurtimizga etib kelishmoqda.

Bugun, 9 noyabr kuni Xalqaro sambo federaciyasi ijrochi direktori, Rossiya Federaciyasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, pedagogika fanlari nomzodi, Rossiya federaciyasi jismoniy tarbiya va spot universiteti professori Sergey Evgenevich Tabakov O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov bilan birga O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida bo'ldi. 

Mehmonlarni universitet rektori Mahmudjon Boltaboev kutib oldi. Tomonlar uchrashuvda universitetlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish haqida suhbatlashishdi, bir qator mavzularni muhokama qilishdi. Universitet kafedrasi mudiri, docent, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy SHuhrat Arslanov esa mehmonlarga o'ziga xos ekskursiya tashkil qildi, mehmonlarni universitetning etiborga molik joylari bilan tanishtirdi va O'zDJTSUga oid qiziq faktlar, malumotlardan boxabar qildi. Mazkur o'quv dargohi Sergey Tabakovda iliq taassurot qoldirdi. O'z navbatida mehmon ushbu tashrifdan mamnun bo'lganini yashirmadi. 

Uchrashuv davomida o'zbekona ananalarga sodiq qolgan holda mehmonga zarbof chopon kiydirildi.

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing