So’nggi yangiliklar

00:02ЖЧ-2025. Азиза Зокирова венгриялик рақибасини муддатидан олдин таслим этди 0 23:15Хуморабону Мамажонова Жаҳон чемпионати чорак финалига йўл олди 0 19:24"Дэвис кубоги". Гонгконг — Ўзбекистон: иккала жамоанинг ўйин учун таркиблари маълум 0 19:03Тимур Кападзе: "Пенальтилар сериясига тайёрмиз" 0 18:42Абдумалик Халоков ЖЧдаги илк жангидан кейин: "Бу менга жавобгарлик юклайди" 0 18:21UFC ташкилотидан ҳайдалган Брайан Баттл PFL билан шартнома имзолади 0 18:00Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлади 0 17:44Қозоғистон Жаҳон чемпионатидаги иккинчи йўқотишни қабул қилиб олди 0 17:23Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда 0 17:02Шон О’Мэллининг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 16:41Octagon 78 бошланмоқда. Марказий жангда ҳамюртимиз камар учун октагонга чиқади 0 16:20Миразизбек Мирзахалилов жаҳон чемпионатидаги биринчи жангини ўтказди 0 15:56Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими? 0 15:35Лукашенко Соболенкони US Open чемпионлиги билан табриклади 0 15:14Исроил Мадримов докторлик йўлидаги илк ҳимоядан ўтди 0

25 dek 09:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Xamzat CHimaev keyingi jangi sanasini elon qildi

Teglar :  Xamzat CHimaev UFC
Yarimo'rta vazn toifasi UFC reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Xamzat CHimaev navbatdagi jang sanasini oshkor qildi.

SHveciyalik aralash yakkakurash ustasi 4 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida oktagonga ko'tariladi. Hozircha raqib nomi rasman malum emas. Bu haqda CHimaevning o'zi xabar berdi. 

"Men allaqachon mashg'ulot lageridaman. Lekin hozircha raqibim kim bo'lishini bilmayman. Nomlar tez-tez o'zgaryapti. Har hafta menga qo'ng'iroq qilib, raqib o'zgarganini aytishyapti. Men bilan jang qilishni istayotganlar ko'p, lekin ish shartnoma imzolashga kelganida hamma qochib qolyapti. Menga to'rtta davlatdan to'rt raqib berishdi. Lekin yakunda hech biri jangga rozi bo'lmadi. Ko'ramiz nima bo'lar ekan, ammo men 4 mart kuni Las-Vegasda oktagonga chiqmoqchiman", - dedi "Borz". 

Asli kelib chiqishi chechenistonlik bo'lgan Xamzatning aytishicha, u yarimo'rta va o'rta vazn toifalarida jang qilishga tayyor. SHu jumladan, o'rta vaznning yangi chempioni Aleks Pereyra bilan ham. 

"Yarimo'rta yoki o'rta vazn – menga umuman farqi yo'q. Raqib berishsa bo'lgani. Ochig'i, raqib kutishdan charchadim. Ijtimoiy tarmoqda raqib izlash menga yarashmaydi. Keyingi jangim chempionlik bo'lishi kerak. Aleks Pereyraning rekordi 6-1. U mag'lubiyatga uchragan, men esa hayotimda ham yutqazmaganman. UFC ham bu jangni xohlayapti. Lekin Pereyra jangdan qochyapti. Bu holatda nima qila olaman?", - deya so'ziga yakun yasadi CHimaev. 

Malumot uchun, 28 yoshli Xamzat CHimaev sentyabr oyida amerikalik Kevin Xolandni jang yakunlanishiga uch daqiqa qolgan bir paytda bo'g'ish usun bilan mag'lubiyatga uchratgan va UFC promoushenidagi g'alabali seriyasini oltita jangga etkazib olgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
25 dek 20:11:05
baksyor
Jang yakunlashishiga uch daqiqa qolgandamas birinchi raunda bug'ib quygan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing