21 sen 15:38
Yangiliklar

1 noyabr kungi UFC turnirining asosiy jangi elon qilindi
UFC Apex arenada o'tajak ushbu oqshomning markaziy jangi haqida malumot berildi. Yarim engil vazn toifasidagi amerikalik aralash yakkakurash ustalari Stiv Garsiya va Devid Onama o'zaro jangda to'qnash kelishadi.
Avvalroq, Vegasdagi turnirning asosiy jangi Valdo Kortes-Akosta va Ante Deliya o'rtasida o'tkazilishi aytilgandi. Og'ir vaznlilarning bu bahsi endi turnirning co-main event jangi maqomida bo'ladi.
Malumot uchun, Stiv Garsiya shu yilning iyul oyida tajribali Kelvin Kattarni hakamlarning qaroriga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Bu uning qatorasiga qo'lga kiritgan oltinchi g'alabasi edi. Devid Onama esa to'rtta g'alabali seriya bilan kelmoqda. So'nggi jangida Giga CHikadzeni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
Hozirda Stiv Garsiya yarim engil vazn toifasi UFC reytingida 12, Devid Onama esa 13-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar