So’nggi yangiliklar

17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0

09 noy 12:13
Yangiliklar

Boks/MMA

132 247 muxlis ko'z o'ngida jang qilgan afsonaviy CHaves ham Toshkentga kelyapti!

Teglar :  CHaves
12-17 noyabr kunlari poytaxtimiz tarixda ilk bor WBC tashkilotining yillik Konvenciyasiga mezbonlik qiladi.

Sizlarni ushbu nufuzli marosimdagi ishtirokini tasdiqlagan jahon boksi yulduzlari bilan tanishtirishni davom ettiramiz. Bugun yulduzli mehmon - Xulio Sezar CHaves! 

Xulio Sezar CHaves 1962 yil 12 iyul kuni Meksikaning Sbyudad-Obregon shahrida dunyoga kelgan. Professional ringda 1980 yil 5 fevral kuni debyut qilgan. 1984 yilning sentyabrida ikkinchi yarim engil vaznda vakant qolgan WBC chempionlik kamari uchun Mario Martinesga qarshi jang qilib, raqibini 8-raundda texnik nokautga uchratgan. Bu uning faoliyatidagi ilk chempionlik kamari edi. 

CHaves 1985-1987 yillar oralig'ida Ruben Kastilo, Rojer Meyvezer, Duayt Pratchett, Faustino Martires Barrios, Refujio Roxas, Rokki Lokrij, Xuan La Porte, Francisko Krus va Danilo Kabreroni mag'lub etib, o'ziga tegishli WBC kamarini himoya qilgan. 1987 yil Xulio engil vaznga o'tdi va WBA chempioni Edvin Rosarioni 11-raundda nokautga uchratdi. 1989 yilda birinchi yarim o'rta vaznga o'tib, Rojer Meyvezerni ikkinchi bor taslim etdi. Bu bilan u o'zining uchinchi kamariga ega chiqdi.     

CHaves prof boksdagi so'nggi jangini 2005 yil 17 sentyabr kuni o'tkazdi. U prof ringdagi 25 yillik faoliyati davomida Rojer Meyvezer, Oskar De La Xoyya, Pernell Uitaker, Frenki Rendall, Konstantin Czyu singari afsonalarga qarshi jang qilgan. U jami 115 ta jang o'tkazib, 107 g'alaba (86 nokaut), 6 mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. SHunchaki dahshatli statistika. To'rt yil (1990-1993) davomida The Ring jurnali tomonidan dunyoning eng yaxshi bokschisi deb topilgan. 

Darvoqe, 1993 yil 20 fevral kuni Xulio Sezar CHaves Mexikodagi "Estadio Acteka" stadionida amerikalik Greg Xogenga qarshi chempionlik jangida ringga ko'tariladi. Ushbu jangni tomosha qilish uchun "Acteka"ga 132 247 tomoshabin kelgan. CHaves raqibini 5-raundda texnik nokautga uchratib, yarim o'rta vazndagi WBC kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.   

Welcome El León de Culiacán!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing