19 fev 17:49
Yangiliklar
15 yoshli Kamila Valievaning Instagram'dagi obunachilari soni 1 millionga etdi
Qishki Olimpiya o'yinlari boshlanganidan keyin figurali uchuvchining Instagram'dagi rasmiy akkauntidagi obunachilar soni 4,5 barobardan ko'proqqa oshdi. To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi boshlanishidan bir kun avval, 4 fevral kuni Valievaning sahifasiga 208 ming kishi obuna bo'lgan bo'lsa, hozir bu raqam 1 milliondan oshib ketdi. Doping bilan bog'liq vaziyat, uning atrofidagi gaplar Valievaga bo'lgan qiziqishni yanada oshirdi. Bir kun avval sportchining obunachilari 873 mingtani tashkil etayotgandi. Kamilaning 26 yanvar kuni joylagan so'nggi posti esa 5 mlnga yaqin ko'rilgan.
Eslatib o'tamiz, Kamila Valieva Olimpiya o'yinlarida figurali uchish bo'yicha jamoaviy bellashuvlarda oltin medalni qo'lga kiritdi. SHundan so'ng, unda doping bilan bog'liq mojoro yuzaga keldi. Kamila yakkalik bahslarida 4-o'rin bilan kifoyalanadigan bo'ldi. Sportchi kecha Pekindan o'z uyiga qaytdi.
Fikrlar