01 sen 08:40
Yangiliklar
16 ta medal bilan Osiyo chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan o'smirlarimiz Vatanga qaytishdi FOTOREPORTAJ
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida delegaciyamizni Sport vazirligi hamda mamlakat dzyudo federaciyasi mutasaddilari kutib olishdi.
Kadetlarimiz Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra, 6 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida Koreyadan so'ng ikkinchi o'rinni egallashdi. Mezbonlar bizdan faqatgina bitta bronza ko'p jamg'arganlari bois birinchi bo'lishdi.
Osiyo chempionatida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-40 kg: Dinara Hasanova
-44 kg: Dilnoza Hamitova
-50 kg: Xushnudbek Burhonov
-60 kg: Muhammad Masharipov oltin
-63 kg: Nigina Saparboeva
+70 kg: Zarina Bobonazarova
Kumush medallar
-52 kg: Nigina Umirzoqova
-55 kg: Muhammad Nosirov
-60 kg: Bahrom Asadov
-66 kg: Umirzoq Qurbonmurodov
Bronza medallar
-48 kg: Nargiza Do'stmamatova
-55 kg: Dilshod Karimov
+70 kg: Umida Nig'matova
-73 kg: Suhrob Abduqodirov
-81 kg: Muhammadali Sadullaev
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
Murabbiylar - Muhammad Yusuf Haydarov, Abduvosiq Toshmatov, Xurshid Ahmedov
Fikrlar