20 avg 14:48
Yangiliklar
Tennis
19 yoshli Goff dunyoning birinchi raketkasini mag'lub etdi
Cincinnati WTA 1000 turnirida ikkinchi finalchining ham nomi malum bo'ldi.
Kutilmaganda sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek final ostonasida mag'lubiyatga uchradi. WTA reytingining ettinchi pog'onasida borayotgan amerikalik 19 yoshli Kori Goff nomdor raqibasini 7/6(2), 3/6, 6/4 hisoblarida mag'lub etdi.
Etiborlisi, Kori o'zaro uchrashuvlarda ilk bor Svyontekdan ustun keldi - 1:7. Ikki soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Goff 6, Svyontek 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Korida teng barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 3! Breyklar esa 4 ga 3 ko'rinishda, Iga foydasiga bo'ldi. Endi 19 yoshli iqtidor egasi Western & Southern Open bosh sovrini uchun chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar