17 avg 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA

20 yoshli Mozes Itauma Dillian Uaytni birinchi raunddayoq nokaut qildi
20 yoshli engilmas britaniyalik bokschi, superog'ir vazn toifasida WBO Inter-Continental va WBA International kamarlari sohibi Mozes Itauma Ar-Riyoddagi boks oqshomida sobiq jahon chempioni Dillian Uaytga qarshi ringga ko'tarildi.
Ushbu jang 1-raunddayoq Itaumaning nokautli g'alabasi bilan yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, Itauma professional faoliyatini 2023 yil yanvar oyida boshlagan. Hozirga qadar u 13 g'alabaga erishgan, shularning 11 tasi muddatidan oldin qayd etilgan.
Bundan tashqari, 2024 yilda Itauma nufuzli The Ring jurnali tomonidan "Yil prospekti" deb tan olingan. U yoshlar va o'smirlar o'rtasida Evropa chempionatida uch marotaba g'olib bo'lgan.
Avvalroq, Turki ash SHayh Usikka qarshi aynan Itauma to'qnash kelishi mumkinligi haqida gapirgandi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar