19 jan 17:52
Yangiliklar
Tennis
2002 yildan buyon ilk bor Australian Open 1/16 finalida Top-3 tennischi bo'lmaydi
Avstraliya Ochiq chempionatining uchinchi davrasiga 2002 yildan beri ilk bor kuchli uchlik tennischilari chiqa olishmadi.
Dunyoning ikkinchi va uchinchi raketkalari Rafael Nadal (Ispaniya) va Kasper Ruud (Norvegiya) o'z ishtiroklarini ikkinchi raundda yakunlashdi. Birinchi raketka Karlos Alkaraz esa jarohat sabab musobaqani o'tkazib yubormoqda.
Malumot uchun, 2002 yilda Lleyton Xyuitt (#1) va Gustavo Kuerten (#2) birinchi davrada o'z ishtiroklarini yakunlashgan edi. Uchinchi raqam ostida tasniflangan Andre Agassi esa musobaqada qatnashmagandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar