13 avg 15:40
Yangiliklar
Tokio-2020
2008 yili muxlis sifatida suratga tushgan Skuling o'z kumirini ortda qoldirdi
Bundan 8 yil avval Maykl Felps Singapurga borgan paytida mahalliy bolakaylarning biri bilan suratga tushgan ekan.
Suratdagi o'sha bolakay oradan 8 yil o'tib, o'zi yoshligida havas qilgan afsonaviy Maykl Felpsni ortda qoldirib, Olimpiada chempioni bo'ldi. Bunaqasi juda kam ham uchraydi.
Kecha Rio Olimpiadasining suzish bahslarida 100 metr masofaga o'tkazilgan batterflyay yo'nalishidagi startda Jozef Skuling marraga birinchi bo'lib etib keldi va Singapur tarixini yaratdi.
Etiborga molik jihati shundaki, 21 yoshli Skuling 31 yoshli Maykl Felpsni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. SHundan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda Skulingning 2008 yilda Felps bilan birga tushgan surati mashhur bo'lib ketdi.
Havola :
Fikrlar