So’nggi yangiliklar

18:25Жон Жонс Перейра билан жанг бўлмаслигига ишора қилди 0 18:02Бензема Европага қайтиш ёки МЛСга йўл олиш ҳақида ўйламоқда 0 17:39Дмитрий Бивол яна қайси вазнда камар қўлга киритмоқчи эканини айтди 0 17:17Хабиб Нурмагомедов Умарнинг кейинги рақиби ким бўлиши ҳақида гапирди 0 16:53Александр Волкановски 2026 йилда нечта жанг ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 16:30Пакета ”Вест Хэм"дан "Фламенго"га 42 миллион евро эвазига ўтди - бу Бразилия учун рекорд 0 16:07Қозоғистонлик Елена Рибакина - Australian Open ғолибаси! 0 15:49Деонтей Уайлдер ва Дерек Чисора жангининг санаси расман эълон қилинди 0 15:25Ҳумоюн Султонов Қувайтдаги турнирда финалга йўл олди 0 15:02Хабиб Нурмагомедов қайси мамлакатда ўзини хавфсиз хис қилишини айтди 0 14:39"Реал" икки сабабга кўра Португалия терма жамоаси аъзосидан воз кечди 0 14:17Жастин Гэтжини вақтинчалик чемпионлик мақоми қониқтирмаяпти 0 13:53Дональд Трамп Оқ уй олдида UFC турнири учун арена қурилиши ҳақида гапирди 0 13:29Александр Волкановски ва Диего Лопес дастлабки жангда қандай гонорар ишлаб олганди? 0 13:08Грилиш мавсум охиригача сафдан чиқди 0

22 dek 13:41
Yangiliklar

2022 yilda 5 nafar sobiq UFC chempionlari faoliyatini yakunladi

Dunyoning eng kuchli ligasi hisoblangan UFC promousheni uchun yakuniga etib borayotgan yil bir necha yulduz jangchilarning "qafas"ni bir umrga tark etishi bilan esda qoladigan bo'ldi.

Besh nafar sobiq UFC chempionlari - amerikaliklar Ti Jey Dillashou, Frenki Edgar, Lyuk Rokxold, braziliyalik Joze Aldo, polshalik Yoanna Endjeychik aynan 2022 yilda o'z faoliyatlarini rasman yakunlaganliklarini elon qilishdi.

Ti Jey Dillashou engil (61 kg.gacha) vazn toifasida ikki karra jahon chempioni hisoblanadi. U 2014 yilning may oyida shov-shuvli tarzda o'sha paytdagi pound-for-pound, yani vaznidan qatiy nazar dunyoning eng kuchli jangchisi braziliyalik Renan Baranni mag'lubiyatga uchratib, faoliyatida ilk bor UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. 

Frenki Edgar, jussasi (bo'yi 168 sm) kichikligiga qaramay, engil (70 kg.cha) vazn toifasida UFC chempioni bo'lgan. 2010 yilning aprel oyida u Bi Jey Penni mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgan. U shundan so'ng uch bor chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 

Lyuk Rokxold o'rta (84 kg.gacha) vazn chempioni bo'lgan. 2015 yilning dekabr oyida hamyurti Kris Uaydmanni to'rtinchi raundda taslim etib, chempionlik kamariga ega chiqqan.

Yoanna Endjeychik ayollar divizionining minimal vazn (52 kg.gacha) toifasida ilk bor 2015 yilning mart oyida chempion bo'lgan. U kamarini 5 ta jangda muvaffaqiyatli himoya qilgan va bu hozirgacha ayol jangchilar uchun rekord natija hisoblanadi. 

Joze Aldo ham yarimengil (65 kg.gacha) vaznda chempionlik himoyasi (7 ta) borasida rekordchi bo'lib turibdi. 2015 yilning dekabriga qadar, yani Konor Makgregorga qarshi jangiga qadar vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng yaxshi jangchisi bo'lgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing