So’nggi yangiliklar

09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0

24 dek 15:36
Yangiliklar

Boks/MMA

2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu

Ikkinchi yarim engil vazn toifasida amaldagi EBP chempioni Xurshidbek Rasuljonov 2026 yilgi rejalari, yakuniga etayotgan yilning boks voqeyliklari va boshqa qiziqarli mavzularda berilgan savollarga javob bergan.

— Hozir faoliyatingizning qaysi bosqichidasiz? Siz afrikalik Lyusando Komanisini nokautga uchratgan Ekaterinburgdagi jangdan keyin bir oy o'tdi. Keyingi jangingiz uchun tayyorgarlik boshlanganmi?

— Hozirgi bosqichda yaxshi sport formasidaman va standart dastur bo'yicha navbatdagi jangimga tayyorgarlikni boshlab yubordim.

— 2025 yil yakunlari sarhisob qilinar ekan, dastur maksimum bajarildi deb aytish mumkinmi? Yoki ko'proq jang o'tkazishni xohlaganmidingiz?

— Har doim ko'prog'ini xohlayman. Har qanday ambiciyali sportchi kabi fikrlayman. O'ylaymanki, 2025 yil promouterim Rustem Imangaliev tomonidan tasdiqlangan jadval bo'yicha katta murabbiyim Adel Zaynetdinov bilan birgalikda muvaffaqiyatli o'tdi. Ularning bahosi bu yil uchun "yaxshi" (kuladi).

— Yangi 2026 yilda qanday maqsad va vazifalar turibdi?

— 2026 yil uchun promouter tomonidan qo'yilgan vazifa - asosiy yo'nalishlardan kamida bittasi bo'yicha chempionlik jangi o'tkazish.

— Hozir siz egalik qilayotgan Evropa Ittifoqi chempionlik kamari siz uchun qanchalik muhim va qadrli?

— EBP kamari to'liq chempionlik janglariga chiqish uchun zarur bo'lgan bosqichlardan biri hisoblanadi.

— 2025 yilga ikkinchi yarim engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening David Pikassoga qarshi shov-shuvli jangi yakun yasaydi. "Yapon yirtqichi"ga qarshi Pikassoning imkoniyatlarini qanday baholaysan?

— Inoue vaznidan qati nazar eng yaxshi bokschilardan biri va hozirda uning divizionida munosib raqib yo'q. Fikrimcha, Pikasso unga qarshi jangda hech narsa ko'rsata olmaydi. Ammo jang Naoya Inouening barcha chiqishlari kabi qiziqarli bo'ladi.

— Jeyk Polning Entoni Joshuaga qarshi o'tkazgan jangi sizga yoqdimi? Natija aynan shunday bo'lishini kutganmidingiz?

— Bu janglar fikrimcha, professional boksga yaxshilik keltirmaydi. Bu boksning qadrsizlanishi. Men bu cirkni hatto ko'rmayman ham.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing