28 dek 16:11
Yangiliklar
Xurshidbek Rasuljonov Inouening Nakataniga qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi
"Inoue va Nakatani Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan boks kechasida juda yorqin ishtirok etishdi. Ikkalasi ham kuchli raqiblarni mag'lub etishdi va endi ularni ringda o'zaro jang qilishini ko'rish mantiqan to'g'ri bo'ladi. Bokschilarning uslublarini inobatga olgan holda, barchamizni Yangi yilda olovli jang kutib turibdi, deb ishonch bilan aytishimiz mumkin", - dedi hamyurtimiz Xurshidbek Rasuljonov.
Eslatib o'tamiz, kecha Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan boks turnirida Inoue meksikalik Alan Pikassoni, Nakatani esa boshqa bir meksikalik Sebastyan Ernandes Reyesni hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan va o'z chempionlik kamarlarini himoya qilgan edi.
Rasuljonovning o'zi esa so'nggi bor shu yilning noyabr oyida Ekaterinburgda ringga ko'tarilib, afrikalik Lusando Koomanisini ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. CHarm qo'lqop ustamiz 2026 yilda o'z vaznidagi chempionlik kamarlarining biri uchun jang o'tkazish asosiy maqsadi ekanini aytmoqda.

Fikrlar