21 dek 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Xurshidbek Rasuljonov jamoasi Murod Alievning "vyzov"iga javob berdi
Ikkinchi yarim engil vazn toifasida EBP (Eurasian Boxing Parliament) chempioni hamyurtimiz Xurshidbek Rasuljonov ushbu kamarning sobiq sohibi Murod Alievning chaqiruviga javob qaytardi.
"Aliev faol bokschi emas, u hozir bizga qiziq emas. Bizga reytingning yuqori qismidagi raqiblar kerak", - dedi Rasuljonovning menejeri Rustem Imangaliev AllBoxing muxbiri Kirill Ivanov bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Aliev so'nggi jangini 2024 yilning mart oyida o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan kolumbiyalik Xose Munosni mag'lub etgan va shundan so'ng bir yil-u to'qqiz oy davomida ringga chiqmagan edi.
Xurshidbek Rasuljonovga kelsak, u shu yilning noyabr oyida afrikalik Lyusanda Komanisini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. O'sha jangdan ikki hafta oldin Alievga ringga chiqishni taklif qilgan va rad javobini olgandi. Demak, ayb Murodning o'zida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar