18 sen 09:58
Yangiliklar
Sport kurashlari

2026 yilgi Jahon chempionatlari qachon va qaysi mamlakatlarda o'tkazilishi elon qilindi
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) keyingi yili o'tkaziladigan dunyo birinchiliklari haqida rasmiy malumot berdi.
Unga ko'ra, kattalar o'rtasidagi JCH 2026 yilning 5-13 sentyabr kunlari Bahraynning Manama shahrida tashkil etiladi.
17 yoshlilar o'rtasidagi musobaqa 27 iyul - 2 avgust kunlari oralig'ida Ozarbayjonning Baku shahrida bo'lib o'tsa, Manama (Bahrayn) kattalar musobaqasi oldidan 17-23 avgust kunlari U-20 Jahon chempionatini ham qabul qiladi.
AQSHning Las-Vegas shahrida esa keyingi yilning 12-18 oktyabr kunlarida U-23 yosh toifasidagi dunyo birinchiligi tashkillashtiriladi.
Havola :
Manba : uww.org
Fikrlar