04 okt 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA

21 yoshli jahon chempioni WBC kamaridan mahrum qilindi
Yana bir professional bokschi o'z chempionlik kamaridan mahrum qilindi.
Amerikalik 21 yoshli Devid Benavides ikkinchi o'rta vazn toifasida o'zi egallab turgan WBC chempionlik kamarini topshirishga majbur. U doping tekshiruvdan o'tganida qon tarkibida taqiqlangan modda, aniqrog'i kokakin borligi aniqlangandi.
Benavides chempionlik kamarini shu vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Dirrelldan himoya qilishi kerak edi. Endi ushbu chempionlik kamari vakant, yani egasiz deb elon qilindi. Dirrel turkiyalik Avni Yildirim bilan chempionlik tituli uchun jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar