13 avg 07:05
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020
22 yoshli puertarikolik tennischi kamida kumush medalni naqd qildi
Rio Olimpiadasining tennis musobaqasi ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarida ikkinchi finalchining nomi ham malum bo'ldi.
Puerto-Riko mamlakati vakilasi 22 yoshli Monika Pyuig yarim final uchrashuvida chexiyalik Petra Kvitovani mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi.
Uch set davom etgan uchrashuvda Pyuig raqibasini 6:4, 1:6, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Uning bosh mukofot uchun bahsdagi raqibasi germaniyalik Anjelik Kerber bo'ladi.
Monika Pyuig (Puerto-Riko) – Petra Kvitova (CHexiya, 11) – 6:4, 1:6, 6:3
Havola :
Fikrlar